Valyuta hisob raqamlari

Valyutani onlayn sotib olish, sotish va o'tkazish.

ANORBANK da valyuta hisob raqamini ochishning 4 afzalligi

Moslanuvchan tariflar

Biznesingiz uchun moskeladigan tarifni tanlang.

UEISVO bikan integratsiya (Tez kunda)

Internet-bank orqali eksport-import shartnomalarini qulay boshqarish, UEISVO bilan avtomatik sinxronizatsiya qilish.

Bir zumli konversiya

Konversion operatsiyalarni online va shaffof stavkada o'tkazing.

SWIFT o'tkazmalar

SWIFT tizimida internet-bank orqali valyuta o'tkazmalarni amalga oshiring.


Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Ko’pincha so‘raladigan savollarga javoblar

UEISVOga tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha axborotni kiritish "E-Kontrakt" yoki "TIF Kontrakt" dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur dasturlarda ishlash bo‘yicha batafsil ma‘lumotlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklar berishi kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi banklar UEISVOga mijozlarning tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha axborotni kiritish xizmatlarini ham ko‘rsatishi mumkin.

Qonunchilikka muvofiq, tashqi qarzni jalb qilib valyuta operatsiyasini o‘tkazish uchun so‘rab olinadigan depozit hisob-raqami ochilgan xizmat ko‘rsatuvchi bankka arizani va qarz shartnomasining nusxalari bilan unga bo‘lgan barcha qo‘shimchalarni taqdim etish zarur.


Shu o‘rinda, qarz shartnomasining  matni davlat yoki rus tilida bayon etilishi lozim. Agar shartnomaning matni boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, u legalizatsiya qilinishi kerak yoki unga o‘rnatilgan tartibda apostil qo‘yilishi, davlat yoki rus tiliga tarjima qilinib, notariusda tasdiqlanishi shart.


Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng bank tashkilotning hisob-raqamiga qarz shartnomasi bo‘yicha tushgan mablag‘larni o‘tkazib beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktabrdagi PF-1601-son "Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to‘lovlarni amalga oshirishlari qat`iyan man qilinadi.


Mazkur to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so‘mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisob-raqamlarga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to‘lovlar yuqorida ko‘rsatilgan to‘lov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisob-raqamlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Bizning aloqa markazimizga murojaat qilib yoki saytimizda buyurtma qoldirib, hisob-raqamni onlayn tarzda ochish mumkin. Hisob-raqamni ochish uchun bizning  mobil vakilimiz sizga qulay bo‘lgan vaqtda va joyda uchrashadi.

Pul tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni va hisob-raqamdagi qoldiqni mobil ilovadan yoki Aloqa-markaziga qo‘ng‘iroq qilib, maxsus so‘zni aytib bilib olishingiz mumkin. Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, hisob-raqamlardagi harakatlar to‘g‘risidagi axborotni siz e-mail manzilga yoki sms xabar orqali olishingiz mumkin.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: