Missiyasi va qadriyatlari

Bankning qisqacha missiyasi (kompaniya mavjudligining va faoliyatining maqsadi).

Biz vaqtni qadrlaydiganlar va mobil boʻlishga odatlanganlar uchun qulay sharoitlarni taklif qilamiz. Biz rivojlanishga qaratilganmiz va kasbiy sohamizda eng yaxshisi boʻlishga intilamiz.

Bankning nazari

Oʻz vaqtini va qulaylikni qadrlovchilar uchun istalgan hamkor boʻlib qolish.


Korporativ madaniyatning qadriyatlari

Moslashuvchanlik

Vaqt shavqatsizlarcha oldinga ketmoqda. Texnologiyalar oʻzgarmoqda, yangi imkoniyatlar paydo boʻlmoqda. Mijozlarimizning ehtiyojlari va zaruratlari oʻzgarmoqda. Biz chetda qolganimiz yoʻq va xizmatlarimizning sifati har doim vaqt talablariga javob berishi uchun oʻzgarishlarni kuzatib bormoqdamiz.

Yangilik

Biz maʼlum qarorlarni va muhim innovatsiyalarni yaxshilash ustidan tinmay ishlar olib bormoqdamiz. Biz doim yangi gʻoyalarni izlash bilan ovvoramiz. Bilimlar chegarasini kengaytirishning doimiy istagi- bu yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish uchun yangi imkoniyatlarni ochish usuli. Bizning maqsadimiz- birinchi va har doim bir qadam oldinda boʻlish!

Ochiqlik

Biz har doim haqiqatni gapiramiz, mijozlarimizga ham, xodimlarimizga ham harakatlar va yechimlarni tushuntiramiz. Biz har kimning fikrini qadrlaymiz va yangi mahsulotlarni yaratishda uni inobatga olamiz. Oqilona qarorlarni qabul qilish uchun biz har doim barcha manfaatdor taraflarga zarur maʼlumotlarni ochiq, toʻliq, oʻz vaqtida va tushunarli shaklda taqdim etishga tayyormiz. Biz byurokratik yoki har qanday boshqa sunʼiy toʻsiqlarni yaratmaymiz.

Qatʼiyatlik

Biz masʼul qarorlarni mustaqil va oʻz vaqtida qabul qilishga va ularni astoydil amalga oshirishga qodirmiz va bilamiz. Biz qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz.


Yangi Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: