"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

28.04.2026

Hurmatli aksiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 2-apreldagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 29-aprel kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 

e-mail: info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatdan o‘tish 10.30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11.00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana — 2026-yil 23-aprel.


Kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

  2. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

  3. "PKF MAK ALYANS" auditorlik kompaniyasining 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash va sof foydani taqsimlash to‘g‘risida.

  4. "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

  5. "ANOR BANK" AJ Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85

Izoh:
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. 

Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 

Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation