“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining Navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishini e’lon qiladi.

08.06.2022

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining
Yillik umumiy yig'ilishi o’tkazilishini e’lon qiladi.

Hurmatli aksiyadorlar!

2022-yil 30-iyun kuni “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining Yillik umumiy yig‘ilishi Toshkent sh., Sayram ko‘chasi, 5-o‘tish joyi, 4-uy, bank binosida bo’lib o’tadi. Elektron manzili info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz
Ro‘yxatga olish soat 10:30 da boshlanadi.
Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishining boshlanishi - soat 11.00.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2022-yil 26-iyun.

Kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.
3. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisining 2021-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
4. “ANOR BANK” AJning 2021-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi bank Boshqaruvi raisining hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
5. “ANOR BANK” AJ Auditorining 2021-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
6. “ANOR BANK” AJning 2021-yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi va foydalar, zararlar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.
7. “ANOR BANK” AJ sof foydasini 2021-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha taqsimlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
8. “ANOR BANK” AJning 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risidagi “Ernst & Young” MChJ auditorlik kompaniyasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
9. “ANOR BANK” AJning 2022-yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish, auditorlik tashkilotini aniqlash va uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini belgilash to‘g‘risida.
10. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining 2022-yil 14-maydagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorni bekor qilish to‘g‘risida.
11. “ANOR BANK” AJ Ustav kapitalini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
12. 2021-yilda “ANOR BANK” AJ affillangan shaxslari bilan ilgari tuzilgan bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
13. “ANOR BANK” AJ affillangan shaxslari bilan bank tomonidan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan taklif qilinadigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.
14. “ANOR BANK” AJ boshqaruvi raisini saylash to‘g‘risida.
15. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
16. “ANOR BANK” AJ Taftishchisini saylash to‘g‘risida.
17. “ANOR BANK” AJ Tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
18. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashining mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.

     “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram ko’chasi 5-oʻtish joyi, 4.
      Izoh: Aksiyadorning yillik umumiy yig'ilishida aksiyadorning vakili to'g'risidagi ma'lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma'lumotlari) ko'rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link: