Hurmatli mijozlar
ANORBANKda omonatlar bo‘yicha daromadlarni hisobga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2020-yil 1-yanvardagi 366 va 382-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan bank omonatlari bo‘yicha olingan daromadlar soliqqa tortiladi. (umumiy shartnomaning 4.2.7-bandiga qarang)
Omonat bo‘yicha hisoblangan foiz daromadlaridan 10% miqdorida jismoniy shaxslar daromad solig‘i ushlab qolinadi.
Soliq daromad to‘langan paytda bank tomonidan avtomatik tarzda ushlab qolinadi.

MUSTAHKAM omonati

Har oy dollarda barqaror daromad

Arizani rasmiylashtirish

Valyutada belgilangan daromad olishni istaganlar uchun ishonchli muddatli omonat.

Yillik 6%

Foizlar har oy to‘lanadi.

Belgilangan muddat — 24 oy

Ikki yilga mo‘ljallangan aniq daromad.

Minimal summa — 1 000 AQSh dollaridan boshlab

Uzoq muddatli jamg‘armalarni boshlashning oson yo‘li.

Barcha bank omonatlari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan himoyalangan.

Agar omonatlarni kafolatlash tizimi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Agentlikning aloqa ma’lumotlari
  • Телефон: +998 555 500 500
  • Veb-sayt: https://fgd.uz


  • Bankdagi omonatlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanadi.
  • Kafolatlanadigan omonatlarga talab qilib olinguncha omonatlar (bank kartalaridagi mablag‘lar ham kiradi), muddatli va jamg‘arma omonatlari, shuningdek ushbu omonatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kiradi..
  • Kompensatsiya to‘lash muddati:
  • Kompensatsiya bankni tugatish (yopish) to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni ichida to‘lanadi. 
    - 2026-yil 1-yanvardan boshlab — 15 ish kuni ichida;
    - 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7 ish kuni ichida.

Omonatning daromadliligini hisoblang

Omonatni yopishda foiz yo‘qotishlarsiz, oson to‘ldirish va 24/7 qo‘llab-quvvatlash bilan qulay shartlarda sarmoya kiriting.

12 oyda men yig‘aman421 600 000 USD
Oyiga foiz hisoblanadi81 600 000 USD

Hisob-kitob xomaki hisoblanadi. Omonat bo‘yicha aniq shartlarni arizani rasmiylashtirgandan so‘ng bilib olishingiz mumkin.

«MUSTAHKAM» omonati


  • Omonatning muddati

    24 oy

  • Omonat miqdori

    1000 USD dan

  • Foiz stavkasi

    6%


Ko’pincha so‘raladigan savollarga javoblar

Omonatning batafsil shartlarini ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin.

Omonatni mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tib, masofaviy identifikatsiyadan o‘tgandan keyin ochish mumkin.

Shuningdek, omonatni bankning istalgan ofisida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Omonat milliy valyutada ochilishi mumkin.

Omonat muddatidan oldin to'liq yopilgan taqdirda,

hisoblangan foizlar quyidagi tartibda qayta hisoblanadi:

- 3 oygacha - 0%

- 4 oydan 8 oygacha - 4.5%

- 9 oydan 12 oygacha - 5%

- 13 oydan 18 oygacha - 6%

- 19-oy va undan ko'p - 7%

Ortiqcha to‘langan foizlar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. Foizlar omonatdagi mablag'lar to'liq oylarning haqiqiy soni uchun to'lanadi

Yillik foiz stavkasi miqdori tanlangan omonat shartlari bilan belgilanadi. Foizlar har kuni hisoblanadi va har oyda to'lanadi.
Muddatli omonat, omonat shartlariga muvofiq muddatga ochiladi.
SMS-xabarnomalar orqali, mobil ilova, Internet-bank yoki Bankning aloqa markaziga qo'ng'iroq qilish orqali.
Omonatning amal qilish muddati tugaganligi to'g'risida ma'lumotni omonat shartlarida mobil ilova yoki ANORBANK Internet-banki yoki Kontakt-markazga qo'ng'iroq qilish orqali bilib olish mumkin.
Kapitalizatsiya - bu omonat summasiga foizlar qo'shilishi. Shunday qilib, hisobdagi mablag' ko’payib boradi va qo'shilgan summaga ham foizlar hisoblanadi. Bu odatda murakkab foiz deb ataladi.
Omonat bo'yicha hisoblangan foizlar sizning hamyoningizga o'tkaziladi. Ularni plastik kartalarga o’tkazib bankomatlardan olish mumkin.
Mobil ilovada, ANORBANK Internet-bankida yoki Aloqa-markaziga qo'ng'iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.
Omonat bo’yicha kamayib ketmaydigan qoldiq - omonat muddati davomida sizning hisobingizda saqlanishi kerak bo'lgan minimal miqdor.
Omonat ochish uchun sizga chet el fuqarosi pasporti, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun ruxsatnoma kerak, shuningdek siz ANORBANK kartasini olgan holda bank mijozi bo'lishingiz kerak.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

26/02/26 21:02

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing