ℹ️
Hurmatli mijozlar
ANORBANKda omonatlar bo‘yicha daromadlarni hisobga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2020-yil 1-yanvardagi 366 va 382-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan bank omonatlari bo‘yicha olingan daromadlar soliqqa tortiladi. (umumiy shartnomaning 4.2.7-bandiga qarang)
Omonat bo‘yicha hisoblangan foiz daromadlaridan 10% miqdorida jismoniy shaxslar daromad solig‘i ushlab qolinadi.
Soliq daromad to‘langan paytda bank tomonidan avtomatik tarzda ushlab qolinadi.