Kontokorrent krediti

Joriy hisobingizdagi 0 qoldiq bilan" salbiy balansga o'ting

Onlayn tarzda va bankka tashrif buyurmasdan kontokorrent kreditini oching

Kreditning maksimal miqdori - 2 000 000 000,00 so'm

Foiz stavkasi - yillik 24% dan

Kredit bo'yicha foizlarni hisoblash uchun imtiyozli davr - har bir transh uchun kredit chiqgan kundan boshlab 3 (uch) kun.

Kredit shartlari

Kredit shakli

Qayta tiklanadigan kredit liniya (overdraft ko'rinishida)

Kredit maqsadi

joriy faoliyatni moliyalashtirish (xom ashyo, tovar, material, butlovchi buyumlar sotib olish, ishlar va xizmatlar uchun to'lov, ish haqi to'lash, soliq to'lovlari va yig'imlarini to'lash, shuningdek, joriy faoliyat doirasidagi boshqa xarajatlar).

Kreditdan foydalanish taqiqlangan maqsadlar

- bank oldidagi har qanday qarzni to'lash (hisob-kitob-kassa xizmatlari uchun qarzdan tashqari);
- qarz va kreditlarni to'lash va taqdim etish;
- qimmatli qog'ozlarni sotib olish;
- dividendlarni to'lash;
- ustav kapitaliga investitsiyalar;
- ikkilamchi depozit hisobvaraqlarini to'ldirish;
- muddati o'tgan to'lovlarni yopish.

Kredit valyutasi

O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so'm

Bitta qarz oluvchi yoki bir biriga aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun kreditning maksimal ruxsat etilgan miqdori (limit)

Bankning birinchi darajadagi kapitalining 25 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda.

Kreditning maksimal miqdori (limit)

Qarz oluvchining hisob-kitoblari bo'yicha o'rtacha oylik tushumlarning umumiy miqdorining 50% dan ko'p bo'lmagan qismi oxirgi 6 oyga ichida. Kreditni maksimal miqdori 300 000 000,00 so‘mni tashkil qiladi.

Kredit liniyaning amal qilish muddati

Kredit shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 12 (o'n ikki) oydan oshmagan muddat

Transh

Shartnomada belgilangan chegara doirasida kredit hisobraqamini nol qilmasdan transh doirasida o'zlashtirish huquqi davrida berilgan kreditning bir qismi yoki to'liq miqdori. Kredit hisobraqami nollangandan (kredit to'liq so'ndirilgandan) so'ng, keyingi o'zlashtirish navbatdagi transh hisoblanadi.

" Har bir transh doirasida o'zlashtirish huquqi muddati"

transhning birinchi qismi berilgan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kun ichida. Ushbu davr mobaynida qarz oluvchi transhni bir necha qismlarga yoki kredit qoldig'ining to'liq miqdorini o'zlashtirishga haqlidir. Ushbu muddat tugagandan so'ng, qarz oluvchi oldingi transhni qaytarmasdan kredit qoldig'ini o'zlashtirish huquqiga ega emas.

Transh muddati (har bir transhni so'ndirish muddati)

" Transh bo'yicha birinchi o'zlashtirish kunidan boshlab 45 (qirq besh) kundan oshmagan muddat"

Foiz stavkasi

Yilik 21% dan

Muddati o'tgan qarzlar bo'yicha foiz stavkasi (asosiy qarz bo'yicha)

Yilik 69%

Foizlarni hisoblash bo'yicha imtiyozli davr (ushbu davrda foizlar hisoblanmaydi)

Har bir transh uchun overdraft birinchi o’zlashtirish kundan boshlab 3 (uch) kun ichida

Kredit bo'yicha foizlarni to'lash tartibi

har oyda

Transh bo'yicha asosiy qarzni qaytarish

Qarz oluvchining depozit hisobraqamidagi pul mablag'lari hisobidan operatsiya kuni yakunida bank tomonidan avtomatik ravishda

Muddatidan oldin kreditni qaytarish

Istalgan vaqtda bepul

To'lov jadvali

Shaxsiy kabinentda ko'rish mumkin

Ta'minot

Ko'chmas mulk va/yoki avtotransport vositalari va/yoki qurilish va/yoki qishloq xo'jaligi texnikasi va/yoki boshqa maxsus texnika garovi, shu jumladan. bankning amaldagi Kredit siyosatiga muvofiq hisoblangan kelishilgan garov qiymati bo‘yicha traktorlar va o‘ziyurar shassilar, shuningdek banklar/sug‘urta kompaniyalarining omonati va kafolati. Qarz oluvchi moliyalashtirishni ochishdan oldin tegishli ravishda rasmiylashtirilgan garov shartnomalarini, shuningdek, kreditlashning butun muddati uchun garov ta'minoti sug'urtalanganligini tasdiqlovchi sug'urta shartnomasini tuzishi va Bankka taqdim etishi shart.ko'chmas mulk;
avtotransport vositalari;
depozit (milliy va / yoki chet el valyutasida);
maxsus texnikalar;
boshqa likvid mulk;
banklar va sug'urta kompaniyalari kafolati.

Ta'minotni ro'yxatdan o'tkazish

Ta'minot rasmiylashtirish bo'yicha barcha xarajatlarni qarz oluvchi / garovga qo'yuvchi o'z zimmasiga oladi.

Kredit arizani ko'rib chiqish muddati

3 kun

Qarz oluvchiga talablar

Kim kredit olishi mumkin

1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik sub'ektlar (yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlar).
2. "ANOR BANK" AJ da asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depositi mavjudligi.
3. Salbiy kredit tarixining yo'qligi.
4. Bisnes muddati va korxonani rasmiy ro'yxatdan o'tkazish muddati kamida 6 oy bo'lishi qo'llab quvvatlandi.
5. Zarar bilan ishlaydigan va likvidsiz balansga ega bo'lgan korxonalarga kredit berilmaydi.
6. Agar mijozning faoliyati litsenziyalash talab etilsa, amalga oshiriladigan faoliyat uchun tegishli ruxsatnomalar va litsenziyalar mavjudligi.

Xavfsizlik talablari

Ta'minotga talablar

- ta'minot kredit miqdorining kamida 125% miqdorida qabul qilinadi;
- bank bilan bog'liq bo'lgan shaxslarga beriladigan kreditlar bo'yicha ta'minot kredit miqdorining kamida 130% miqdorida qabul qilinadi.

Garov ta'minoti

- taqiq qo'yilmagan bo'lishi lozim

Uy-joy fondini garovga qo'yishga qo'yiladigan talablar

- ro'yxatdan o'tgan shaxslar bo'lmasligi kerak (vaqtincha yoki doimiy ro'yxatga qo'yilganlar)

Kredit berish tartibi

Kredit berishning majburiy shartlari

Bankning kredit siyosatiga, bankning kreditlash sohasidagi boshqa mahalliy hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Kredit olish va ta'minot taqdim etish uchun hujjatlar ro'yxati

Kredit olish uchun hujjatlar ro'yxati:
  • Kredit olish uchun ariza;
  • Litsenziya, agar qarz oluvchining faoliyatini yuritish uchun litsenziya talab etilsa;
  • Kredit olish, ta'minot taqdim etish va va direktor / mas'ul shaxslarning kredit va garov hujjatlarini imzolash vakolatlari berish bo'yicha tasischilar yig'ilishining bayonnomasi (asl nusxasi);
  • Oxirgi moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobotlar (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumot) va oxirgi hisobot sanasidagi operatsion moliyaviy hisobot;
  • agar qarz oluvchining asosiy/ikkilamchi depozit hisobraqamiga boshqa banklarda xizmat ko'rsatiladigan bol'sa: boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar bo'yicha so'nggi 12 oy ichida pul mablag'lari harakati, Kartoteka 2 mavjudligi / yo'qligi, ssudalar (kreditlar, kafolatlar, akkreditivlar, lizing va boshqa moliyaviy majburiyatlar) to'g'risidagi ma'lumotlar;
  • Ta'minot bo'yicha hujjatlar;
  • Bank talabi bo'yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.


Mulkni garovga qo'yishda hujjatlar ro'yxati (garov beruvchi - yuridik shaxs):
  • Garov sifatida mol-mulk berishga rozilik berish va direktor / mas'ul shaxslarning garov hujjatlarini imzolash vakolatlari berish bo'yicha garovga qo'yuvchi ta'sischilarning bayonnomasi;
  • Garovga qo'yilgan mulkka egalik huquqi to'g'risidagi hujjatlar:
    - ko'chmas mulk uchun kadastr hujjatlari;
    - transport vositalari / maxsus texnika uchun texnik pasport va boshqalar.
  • Agar garovga qo‘yuvchi davlat ulushiga ega bo‘lsa, mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti berilishi


Mulkni garovga qo'yishda hujjatlar ro'yxati (garovga oluvchi - jismoniy shaxs):
  • Egasining pasporti;
  • Garovga qo'yilgan mulkka egalik huquqi to'g'risidagi hujjatlar:
    - ko'chmas mulk uchun kadastr hujjatlari;
    - transport vositalari / maxsus texnika uchun texnik pasport va boshqalar.

Kontokorrent krediti qanday ishlaydi?

Limit doirasida «minus»ga kiring

Balans nol bo‘lganda bank tomonidan belgilangan limitgacha hisobraqamdan istalgan to‘lovlarni amalga oshiring

Qarzni o'z vaqtida to'lang

Kredit qarzini 45 kun ichida to'lash kerak va u tuzilgan kundan boshlab dastlabki 3 kun ichida foizsiz amalga oshirilishi mumkin.

Takroran «minus»ga kiring

Qarzdorlik so‘ndirilganidan so'ng siz salbiy balansda ham belgilangan limit doirasida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin

ANOR BANK AKdan kontokorrent kredit olish uchun 6 ta sabab

Joriy hisobingizning 0 qoldig'i bilan "salbiy balans" ga o'ting

Asosiy faoliyat bo‘yicha istalgan maqsadlar uchun kredit mablag'laridan foydalaning

Kreditdan uch kun davomida bepul foydalaning

Sizning joriy hisobingizga mablag' kelib tushgandan so'ng, kredit qarzi avtomatik ravishda to'lanadi

Sizda har doim xodimlar, hamkorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud

Kontokorrent kreditini masofadan boshqarish va 24/7 aloqa markazi tomonidan qo'llab-quvvatlash


Kredit liniyasini hisoblab chiqing

Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: