Masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari orqali kredit olishga arizani to‘ldirasiz, barcha zarur hujjatlarning skanerlangan nusxalarini biriktirasiz va tugmani bosib, bankka yuborasiz.
Mijoz tomonidan hujjatlar to‘plami to‘liq jamlanganda va u bo‘yicha bankning e’tirozlari bo‘lmaganda, kredit olishga ariza, kreditlanadigan loyihaning xususiyatlariga qarab, bank tomonidan 10 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Kredit olishda bankka taqdim etish kerak bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan bankning rasmiy axborot resurslarida tanishib chiqish mumkin.
Kredit ta’minoti sifatida bank garovga likvidli ta’minotni (ko‘char va ko‘chmas mulk), hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa ta’minotni qabul qiladi.
Kredit mablag‘larini tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga va kengaytirishga, jumladan, asosiy va aylanma vositalarni xarid qilishga sarflash mumkin.
Kreditni so‘ndirish mijoz bilan bank o‘rtasida kelishilgan jadvalga asosan amalga oshiriladi.
Kreditning o‘z vaqtida so‘ndirilmagan summalari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzdorlik hosil bo‘ladi, unga yuqori foizlar va jarima hisoblanadi.
Bank kreditni ta’minot hisobidan undirishga majbur bo‘ladi.
Kredit mahsuloti- bu mijoz bilan hamkorlik qilish bo‘yicha bank tarafidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastur, uning doirasida kreditlash amalga oshiriladi.
Bankning kredit mahsulotlari to‘g‘risidagi axborot bankning barcha axborot resurslarida mavjud.
Kredit tarixi - bu sizning qarzdor sifatidagi ma’lumotingiz. Unda siz qancha va qachon qarz olganligingiz ko‘rsatilgan. Vaqtida to‘laganligingiz yoki kechiktirganligingiz. Boshqa banklarga kredit so‘rab murojaat qilganligingiz. Ijobiy kredit tarixi kredit olish imkoniyatlarini oshiradi.
Kredit shartnomasi doirasida qarzdorga taqdim etilgan kreditning qismi.
Transhning muddati kredit liniyasiga bog‘liq. Masalan, investitsion maqsadlarga kredit liniyasi uchun u 36 oyni tashkil qiladi. Aylanma maqsadlar uchun u 10 oyni tashkil qiladi.
Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Ha. Biz boramiz, garov ob’yektini ko‘ramiz va suratga tushiramiz. Uchrashuv yarim soatdan ortiq bo‘lmaydi.
Yo‘q. Garov ob’yektining egasi o‘zgarmaydi- unga faqat taqiq qo‘yiladi. Bu demak, bankning roziligisiz garov ob’ektini sotish yoki ijaraga berish mumkin emas.
Garov - qarzdor kreditni to‘lamagan taqdirda ham bank pullarni qaytarib olishining kafolati. To‘lovlar kechikkanda yoki qarzdorlikni so‘ndirishdan bosh tortgan holatda bank sudga murojaat qilib, garov ob’yektini qarz hisobiga undirib olishga haqli.
Garov ob’yektini undirib olish - keskin chora, bankka qarzdordan pulni olish va garov ob’yekti bilan muhokamalarga vaqt sarflamaslik foydaliroq.
19/07/22 11:34