Fonon – O‘zbekistonda 2020-yilda “Gold Moon Tashkent” MChJ tomonidan Italiya standartlari asosida qurilgan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi zavod.
Fonon Markaziy Osiyoda Yevropa va Sharq uslubida qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yagona yirik korxona hisoblanadi.