Anor Business internet-banki

Bankda sizga kerak bo‘lgan barcha xizmatlar – qulay interfeysda

smartmockups_kk6qp3lz.png

1C:Buxgalteriya bilan qulay integratsiya

Buxgalteriya jarayonlarini soddalashtirish uchun bizning internet-bankimiz «1C:Buxgalteriya» hisobini avtomatlashtirish yechimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyaga ega, bu esa to‘lov topshiriqnomalarini import qilish va operatsiyalar bo‘yicha ko‘chirmalarni «1C» formatida hisobning tashqi tizimiga import qilish imkonini beradi.

smartmockups_kk6qtmn9.png

Ma’lumotlarning erishimli vizualizatsiyasi

Aylanmalar, qoldiqlar, tushumlar, hisobdan chiqarishlar- ba’zida mablag‘larning barcha harakatlarini hisobini yuritish qanchalik qiyin bo‘lishini biz bilamiz. ANORBANK internet-bankida sizning barcha hisob-raqamlaringizdagi mablag‘lar harakatining butun tarixi qulay tarzda kabinetning bosh sahifasiga chiqariladi, u yerda siz jadvallarda aks ettirilgan barcha ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.

vnkza.png

Bitta akkaunt - bir nechta biznes

Amaliyotimizda bitta hisobchi bir nechta korxonalar bilan ishlashini ko‘p ko‘ramiz. Buni inobatga olgan holda biz har safar yangi akkauntda avtorizatsiya qilish zarurati bo‘lmagan, tugmani bitta bosishda barcha kompaniyalaringiz o‘rtasida tezda almashish imkoniyatini yaratdik.

d68dce319566ed1993a5acb8b9a97b56.png

Barcha va har kim uchun tariflar

ANORBANKda xizmat ko‘rsatish tarifini ulash yoki almashtirish juda oson! Aynan sizning korxonangiz uchun eng qulay tarzda mos keladigan tarifni tanlashning o‘zi kifoya, keyin tugmani bossangiz bo‘ldi, va tarifni o‘zgartirish bankka biror marta tashrif buyurmasdan masofaviy tarzda sodir bo‘ladi.


Tarif rejalari

Faoliyatingiz uchun to'g'ri keladigan istalgan tarif rejasini tanlang.

Тарифы для расчетного обслуживания.png
Layer 1.png

Sizning bankingiz har doim qo‘lingiz ostida

Biz uyg‘un dunyoda yashamoqdamiz, bunda tadbirkorlar va biznes to‘xtovsiz harakat holatidadir. ANORBANKda biz mijozlarimizning hayotiga kundalik qadriyatlarni olib kiruvchi mahsulot va xizmatlarni rivojlantirishga intilamiz- bu demak, banking har doim qo‘l etadigan masofada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ANORBANK internet-banki korporativ mijozlarga, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, butun kun davomida, ham shaxsiy kompyuter, ham smartfon orqali erishimli.


smartmockups_kk6trnnt.png

Ish haqi loyihasi sizning boshqaruvingiz ostida

Siz shaxsiy kabinetingizdan chiqmasdan ish haqi loyihasi bo‘yicha har qanday masalalarni hal qilishingiz mumkin. Bizning internet-bankimiz xodimlar ma’lumotnomasini yuritish, xodimni qo‘shish yoki ajratishga qaydnomalar va ro‘yxatlarni shakllantirish, tranzit hisob-raqamlari va kartalarni ochish, ish haqi ro‘yxati nazoratini yuritish, avtomatik tarzda to‘lov talabnomalarini yaratish imkonini va ko‘pgina boshqa imkoniyatlarni beradi, bu esa ish haqi loyihasi bilan ishlashni soddaroq va qulayroq qiladi.

smartmockups_kj-1.png

Mijoz emasmisiz? Muammo emas!

Bizning internet-bankimiz bilan tanishuv siz ANORBANK mijozi bo‘lishingizdan ancha avval boshlanadi. Raqamli bankda xizmat ko‘rsatishning afzalliklaridan biri- siz o‘zingizning ofisdagi kursingizni biron marta ham tark etmasdan, bankning mijozi bo‘lishingiz mumkin. Faqatgina ANORBANK internet-bankida ro‘yxatdan o‘tishingiz va ikkita klik bilan hisob-raqam ochishga ariza berishingiz, va shu bilan birga ANORBANKda biznesingizning kreditga layoqatliligini tekshirib chiqishingiz kerak xolos.



Ariza qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz

Ko’pincha so‘raladigan savollarga javoblar

Internet-bankni sayt orqali yoki bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, ariza qoldirib ulash mumkin. Internet-bankka ulanish bepul amalga oshiriladi.


Ulangandan keyin sizning mobil telefoningizga internet-bankka birinchi kirish uchun login va parol bilan SMS-xabar keladi.


Internet-bank - bu Bankning ofisiga tashrif buyurmasdan, barcha asosiy bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan servis.


Internet-bank sutkada 24 soat erishimli. Istalgan paytda siz hisob-raqam bo‘yicha balansni aniqlashtirishingiz, karta bo‘yicha xarajatlarni tekshirishingiz, mobil telefoni hisobini to‘ldirishingiz yoki kartani bloklashingiz mumkin.

Agar internet-bankka kirish uchun vaqtinchalik parolning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, yoki siz parolni unutgan bo‘lsangiz, parolni tiklash uchun bankning uzluksiz aloqa markaziga murojaat qiling.

Internet-bank xizmatiga ulanish bepul, mazkur xizmatning abonent to‘lovi yo‘q, bundan tashqari o‘tkazmalar uchun komissiya to‘lovlari ancha foydaliroq.

Siz bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib, Internet bankning qo‘shimcha imkoniyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: