Amaliy Backend dasturchisi (Java/Groovy)

11.05.2022

Lavozim vazifalari:

·Tayyor (qutili) modullarni takomillashtirish va bank mahsulotlari uchun yangi modullarni ishlab chiqish;

·Tizim barqarorligi va unumdorligini saqlash;

·Xatolarni ushlash (debug) va ularni tezda tuzatish;

·Biznes bo'limiga konsultatsiya berish va texnik masalalar bo'yicha texnik yordam so'rovlarini ko'rib chiqish.

Kerakli ko'nikmalar va malakalar:

·Java 8, Groovy;

·React 16.11.0 va Zkoss;

·ActiveMQ + DIR (BSS Development Integration Bus);

·Oracle (sinov va production muhitida) va Postgres (ishlab chiqish muhitida);

·Spring Framework ishlab chiqish asoslarini tushunish;

·Asosiy ma'lumotlar tuzilmalari tamoyillarini tushunish;

·Sinf merosi tamoyillarini tushunish;

·Birovning kodi (legacy) bilan ishlay olish;

·O'zingizning va boshqalarning kodini tushunish, loglarni o'qish qobiliyatiga ega bo’lish.

Foydali:

·Reactda front-end ilovasi bilanb ishlash tajribangiz bor (back va front o'rtasidagi o'zaro ta'sir darajasida);

·AMQP xabarlar navbatlari qanday ishlashini bilish;

·Siz rus tilida erkin muloqot qilay olasiz (vender bilan muloqot qilish uchun talab qilinadi).

Taklif etamiz:

·Mamlakatning innovatsion raqamli bankida faoliyat yuritish;

·Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi dasturi;

·Korporativ taʼlim va treninglar;

·Qulay mehnat sharoitlari;

·Zamonaviy ofis;

·O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

·Besh kunlik ish haftasi 9:00 dan 18:00 gacha;

·Agile (Scrum) metodologiyasi bo'yicha jamoaviy ish;

·Inoq jamoa;

·Loyiq ish haqi (yakka tartibda kelishib olinadi) + bonuslar;

·Kiyinish qoidalari yo'q.


Rezyumeni hr@anorbank.uz electron manziliga yoki @Anorbank_hr Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: