Bank kartalarini yetkazib berish xizmatini amalga oshiruvchi kuryer

16.06.2022

Shaxsiy avtomobilingizda harakatlanishni, insonlar bilan muloqot qilishni, ofis jadvaliga bog'lanmagan holda daromad olishni yoqtirasizmi? U holda ushbu ish sizga yoqishi aniq!
Biz o'z jamoamizga, ANORBANK  bank kartalarini yetkazib berish xizmatini amalga oshiruvchi logistlarni izlamoqdamiz.


Biz nimalarni taklif qilamiz:

1. Ishga rasmiy qabul qilish;

2. O'z vaqtida to'lanuvchi ish haqi;

3. Ishni o'qish yoki boshqa smenali ish bilan birga olib borish imkoniyati.

 

Sizdan nimalarni kutib qolamiz:

1. Shaxsiy avtomobilning mavjudligi;

2. NFC ni qo'llab-quvvatlaydigan mobil telefonning mavjudligi;

3. Maxsus ma'lumot talab qilinmaydi;

4. Insonlar bilan muloqot qilish qobiliyati;

5. Navigator ilovalarini ishlatish ko'nikmalariga egalik;

6. Shijoatlilik va ishlashga tayyorlik;

7. Yuklatilgan vazifani o'z vaqtida bajarish;

8. Stressga nisbatan turg'unlik;

9. Maqbul tashqi ko'rinish.

 

Sizni qanday vazifalar kutmoqda:

1. Kartalarni belgilangan joyga o'z vaqtida yetkazib berish;

2. Mijozlarni identifikatsiyalash jarayonini amalga oshirish;

3. Yetkazilgan kartalar sonini nazorat qilish;

4. Qabul qiluvchilarning joylashgan joyini o'z vaqtida va mustaqil ravishda aniqlashtirish;

5. Ko'rsatmalarni belgilangan muddatda bajarish, bajarilgan yoki bajarilishiga to'sqinlik qilgan sabablar to'g'risidagi ma'lumotlarni rahbarga yoki vakolatli shaxsga hisobot tariqasida topshirish;

6. Har kuni bajarilgan ishlar to'g'risidagi hisobotni taqdim etish;

7. Mijozlarga kartalarni yetkazib berish tafsilotlari va vaqtini aniqlash.

 

Lavozim sizga mos keldimi? U holda bizning Telegram-Botimizga o'ting: https://t.me/AnorcareerBot  va shaklni to'ldiring.


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: