Head of Data Strategy

08.04.2025

Lavozim majburiyatlari:

• Ma’lumotlar strategiyasi bo‘limini boshqarish: Darch&DM, tizimli tahlil, ma’lumotlar sifati va ma’lumotlar boshqaruvi.

• Bankda ma’lumotlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

• Korporativ ma’lumotlar arxitekturasini yaratish va amalga oshirish.

• Ma’lumotlarni modellashtirish bo‘yicha standartlar va eng yaxshi amaliyotlarni shakllantirish.

• Ma’lumotlarning sifati, yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash.

• Biznes bo‘linmalari, tahlilchilar va IT mutaxassislari bilan hamkorlik o‘rnatish.

Jamoani rivojlantirish, mutaxassislarni tanlash, o‘qitish va ularga ustozlik qilish.

Talab qilinadigan ko‘nikma va malakalar:

• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki axborot texnologiyalari sohalarida);

• O‘xshash lavozimda kamida 5 yillik ish tajribasi;

• Ma’lumotlar arxitekturasi: sxemalarni ishlab chiqish, ER va DWH modellashtirish;

• Dasturiy vositalar: SQL, ETL, DWH platformalari (Greenplum, ClickHouse, PostgreSQL);

• Ma’lumotlar sifatini boshqarish (DQM, MDM, Data Lineage);

• Ma’lumotlar boshqaruvi: egalik siyosati, ma’lumotlarni qayta ishlash standartlari;

• Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish;

• Rivojlangan strategik va tizimli fikrlash qobiliyati.

Biz quyidagilarni taklif etamiz:

• Mamlakatning innovatsion raqamli bankida ishlash imkoniyati;

• Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi dasturi;

• Korporativ ta’lim va treninglar;

• Qulay mehnat sharoitlari;

• Zamonaviy qulay ofis (Toshkent sh.);

• Rasmiy ish haqi.

Nomzodingizni taqdim etish uchun "So‘rovnomani to‘ldirish" tugmasini bosing. Shuningdek, o‘z rezyumeyingizni Telegram orqali @Anorbank_hr manziliga yuborishingiz mumkin.



Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: