
Visa Infinite karta egalari uchun minimal xarajat (spend) limiti oshirilgani haqida ma’lum qilamiz.
Yangi shartlar 2026-yil 2-fevraldan boshlab amal qiladi.
Ushbu o‘zgarishlar quyidagi imtiyozlardan foydalanish uchun qo‘llaniladi:
• CIP-zal xizmatidan foydalanish
• Toshkent xalqaro aeroportida yuk (bagaj)ni o‘rash xizmati
• Visa Airport Companion xizmati orqali DragonPass biznes-zallariga kirish, shu jumladan Toshkent shahridagi Anjir biznes-zali
• Aeroportdan transfer xizmati
• Fast Track International xizmati
• Rouming xizmati
Imtiyozlardan foydalanish uchun karta egasi 35 kun davomida kamida 10 000 000 so‘m
(yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti) miqdorida xaridlarni amalga oshirishi lozim.
Avval minimal xarajat (spend) limiti 6 000 000 so‘mni tashkil etgan.
* Kliring fayllari ekvayer-bank tomonidan o‘z vaqtida yuborilgan taqdirda.
* Hisoblash davrining oxirgi 5 kuni inobatga olinmaydi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing