Anorbankning eko-aksiyasi tufayli 7000 dan ortiq maktab o‘quvchilari toza havodan nafas olmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan belgilangan vazifalar doirasida, O‘zbekistonning yashil hududlarini sezilarli darajada kengaytirish hamda yosh avlod uchun sog‘lom muhit yaratish maqsadida ANORBANK 2025-yil 19-aprelda keng ko‘lamli ekologik aksiyani o‘tkazdi. Bank tashabbusi doirasida 62-, 331- va 299-sonli umumta’lim maktablari hovlilariga 100 ga yaqin ko‘chat o‘tqazildi, ta’lim muassasalariga 18 ta zamonaviy havo tozalagich o‘rnatildi. Bu har kuni 7000 dan ortiq o‘quvchini toza va musaffo havo bilan ta’minlaydi.
Ushbu aksiya ANORBANKning nafaqat moliyaviy farovonlikni qo‘llab-quvvatlash, balki yosh avlod uchun sog‘lom muhit yaratishdek olijanob vazifasini ham aks ettiradi. Toza havo hashamat emas, balki har bir bolaning huquqidir. Bank daraxtlar ekish va tozalagichlar o‘rnatish orqali jamiyatni yashil kelajak sari intilishga undaydi.
Bank haqida
ANORBANK – innovatsiyalarga intiluvchi, barqaror rivojlanish va jamiyatni qo‘llab-quvvatlovchi O‘zbekistonning yetakchi moliya institutlaridan biri. Bank xizmatlaridan tashqari, ANORBANK muntazam ravishda ekologiya va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.
ANORBANKning zamonaviy, foydali va ko‘p qirrali mahsulotlari, shuningdek, xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni bankning veb-sayti, mobil ilovasi va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.
Telefon: 1290.
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank