Rasmiy munosabat

18.11.2025

Rasmiy munosabat

сайт русс.jpg

ANORBANK o‘z aksiyadoriga oid ayrim ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan ma’lumotlar bank faoliyati bilan hech qanday huquqiy yoki operatsion bog‘liqlikka ega emasligini ma’lum qiladi. Bankning korporativ boshqaruvi, risk-menejmenti va boshqa barcha jarayonlari amaldagi qonunchilik, Markaziy bankning barcha talablari hamda xalqaro komplayens standartlariga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.

Materialda keltirilgan, «Anorbank qiyin damlarni boshidan kechirmoqda» deb boshlanuvchi "iddao"lar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va jamoatchilikni chalg‘itadigan noaniq ma’lumotlar hisoblanadi. Bank mijozlari hisobvaraqlaridagi har qanday amaliyotlar qonunchilik asosida, Markaziy bank va huquqni muhofaza qiluvchi organlar masofaviy nazorati ostida amalga oshiriladi. ANORBANK mijozlar mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha kafolatlangan mexanizmlarga ega.

Shuningdek, materialda keltirilgan bankning “onlayn-kazinoga pul o‘tkazgani” haqidagi iddao ham absurd va reallikka mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston qonunchiligida va milliy bankchilik tizimida bunday amaliyotning sodir etilishi imkonsiz — har bir tranzaksiya avtomatik monitoringdan o‘tadi, shubhali operatsiyalar esa darhol to‘xtatiladi. ANORBANK o‘z faoliyati davomida barcha qonun talablariga qat’iy rioya qilib keladi va mijozlar hamda hamkorlar oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajaradi.

ANORBANK shunday paytda xolislik tamoyillariga amal qilib kelayotgan barcha mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoq faollariga alohida minnatdorchilik bildiradi.


Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing