RASMIY BAYONOT

05.04.2023

213213123.jpg


“ANOR BANK” AJ va “Sof.uz - Соф хабарлар” veb-sayti (“KOMIL UNSUR” MChJ) o‘rtasidagi iqtisodiy ish bo‘yicha sud majlisi natijalari haqida

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida OAV - “Sof.uz - Соф хабарлар” veb-sayti (“KOMIL UNSUR” MChJ) tomonidan “ANOR BANK” AJ ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi ma'lumotlar tarqatilganligi natijasida bankka yetkazilgan zararni veb-sayt muassisi “KOMIL UNSUR” MChJ hisobidan undirish to'g'risidagi da’vo bilan bog‘liq iqtisodiy ish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud yakunlari bo‘yicha “KOMIL UNSUR” MChJ hisobidan “ANOR BANK” AJ foydasiga infohujum oqibatida bank tomonidan amalga oshirilgan 3,7 milliard so‘m miqdorida haqiqiy zarar summasini undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Biz har qanday jurnalistik tekshiruvlar xolisona, bank sohasi mutaxassislari va ekspertlarining tegishli fikr-mulohazalari va xulosalarini inobatga olgan holda olib borilishi lozimligi haqidagi pozitsiyamizni alohida taʼkidlaymiz.

Sof.uz - Соф хабарлар” veb-sayti tomonidan bank haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan, tekshirilmagan, bankning fikri olinmagan soxta axborotlar tarqatilishi oqibatida ushbu nizo yuzaga kelgan edi.

Shu bilan birga, biz OAVlar, jurnalistlar hamjamiyati va blogerlar bilan professional, o‘zaro manfaatli va ochiq munosabatlarga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlamoqchimiz va ular bilan doimo mustahkam hamkorlik aloqalarini saqlashga harakat qilamiz.

“ANORBANK” o‘zining biznes imijiga, aksiyadorlar, xodimlar obro‘siga va jamoatchilik fikriga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Bank bundan keyin ham respublikamiz axborot makonida o‘z brendini qo‘llab-quvvatlash va turli axborot xurujlaridan himoyalanishga e’tiborini qaratadi.

So’zimiz yakunida ushbu vaziyatga befarq bo'lmagan va bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: