Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ko‘chmas mulk va bank omonatlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarning daromadliligi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida:
Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joylarga kiritilgan investitsiyalarning o‘rtacha daromadliligi 6,2 foizgacha tushdi — bir yil avvalgi 27,8 foiz ko‘rsatkichga nisbatan.
Ijaradan olingan daromad 10,9 foizdan 8,1 foizga pasaydi.
Uy-joylarning o‘rtacha bozor narxi 2,4 foizga arzonlashdi.
Shu bilan birga, bank omonatlari, ayniqsa milliy valyutadagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari ancha jozibador natijalarni ko‘rsatdi:
Milliy valyutadagi muddatli omonatlar — o‘rtacha 22 foiz.
Xorijiy valyutada — 5,1 foiz.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘chmas mulkka qo‘yilmalar bo‘yicha daromadlilik darajasi valyuta omonatlari bo‘yicha daromadlilikka tez sur’atda yaqinlashmoqda. Milliy valyutadagi omonatlar esa, aksincha, tobora jozibador va ishonchliroq jamg‘arma vositasiga aylanib bormoqda.
Valyuta kursining beqarorligi va uy-joy bozoridagi turg‘unlik sharoitida muddatli omonatlar aholi uchun eng ishonchli investitsiya variantlaridan biri sifatida o‘z mavqeini qayta egallamoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi MHTI.
Biz bilan birga bo‘ling va yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:
Facebook | Telegram | Instagram