Xudoyorov B.A. mijozimiz tomonidan “Банкир кундалиги“ Telegram-sahifaga murojaat kelib tushdi. Mikroqarzga ega boʻlish uchun mijozimiz muddatli toʻlov kartasini yopmoqchi boʻlgan. Afsuski, texnik sabablarga koʻra muddatli to'lov kartasi yopilmadi. Uzur soʻrab qolamiz. Ayni paytda murojaat ijobiy hal boʻldi. Bundan soʻng, mijoz sahifaning maʼmuriga masalasi hal boʻlganligi, bankka va bank xodimlariga shikoyatlari yoʻqligi haqida maʼlum qildi. “Банкир кундалиги“ sahifasida bu haqida yozib oʻtildi. Havola: https://t.me/bankirkundaligi/5387.