Ilovada masofaviy identifikatsiyadan o'tib, ANORBANK mijoziga aylaning va TRIA virtual kartasini oching.

11.04.2022 Masofaviy identifikatsiya

ANORBANK mijozi bo'lishni va bepul pul o'tkazmalardan foydalanishni xohlaysizmi, lekin bankka kelishga vaqtingiz yo'qmi?
Buni yechim bor  - masofaviy identifikatsiya.
Masofaviy identifikatsiya sizga masofadan turib, pasport yoki ID-karta bilan shaxsingizni tasdiqlash orqali, identifikatsiyadan mustaqil ravishda o'tishga imkon beradi. Pasport bilan bankka borish yoki vakilimizni kutish shart emas. Bir zumda mobil ilovada masofaviy identifikatsiyadan o‘ting.


Shaxsni pasport yoki ID-karta bilan qanday tasdiqlash mumkin?


- Hujjat turini tanlang: pasport yoki ID-karta

- Hujjatning pastki qismini suratga oling

- Ma'lumotlaringizni tasdiqlash uchun yuzingizni suratga oling


Masofaviy identifikatsiya bilan qanday xizmatlardan foydalanish mumkin?


- Virtual kartani ochish

- Omonatlarni ochish va boshqarish

- ANORBANK kartalaridan komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish

- Xalqaro o'tkazmalarni qabul qilish

TRIA virtual kartasi esa jismoniy TRIA kartasining barcha afzalliklariga ega va yana qoshimcha foydali xizmatlari ham bor:


- Har doim yoningizda - mobil telefonda

- Xizmatlar va mahsulotlar uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin

- 20 million so'mgacha bepul o'tkazmalar

- Karta qoldig’i boʻyicha yillik 10% ustama hisoblash  

- Onlayn konvertasiya 

- Omonatlarni ochish/boshqarish



Virtual karta oching va 20 million so‘mgacha bo‘lgan bepul o‘tkazmalardan foydalanishga shoshiling!

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: