Firibgarlarlikning yangi turidan ehtiyot bo’ling

21.09.2023

Ma’lumki, begona insonlarning plastik kartalaridan pul mablag’larini o‘g‘irlab, ularga muammo tug'dirayotgan firibgarlar bor. Hozirgi kunda firibgarlar turli xil yo’llardan foydalanib, odamlarning plastik kartalaridagi pullarini yechib olishga muvaffaq bo’lishyapti.

Ta’kidlash joizki, firibgarlikning yangi bir yo’li avj olgan. Ya’ni, kiber-jinoyatchilar turli banklarda kredit rasmiylashtirib, kreditni so’ndirish uchun boshqa odamlarning plastik kartalaridagi pullarini ishlatishmoqda. Buning asosiy sababi – jabrlangan mijozlar SMS orqali keladigan kodni birovga taqdim etishlaridir.

Yana bir bor eslatib o’tamiz, SMS orqali keladigan kodni bank xodimlari hech qachon so’rashmaydi. Ehtiyot bo’ling! Agar shu kodni sizdan so’rab chiqishgan bo’lsa, ishonchingiz komil bo’lsin, bu aynan firibgarlar bo’ladi. Ularga ushbu kodni hech qachon taqdim etmang, plastik karta bilan turli xil amaliyotlar oshirganingizda undan faqat o’zingiz foydalaning.

Aziz mijozlar, ogoh va xushyor bo’ling! Raqamli xizmatlardan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, o’z pul mablag’laringizni himoya qilish uchun notanish insonlarga shahsiy ma’lumotlarni, shu jumladan SMS orqali keladigan kodlarni yubormang.




Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: