@bankirkundaligi telegram kanaliga tushgan Mijozning murojaati bo’yicha

12.04.2022

Murojaat Xorazmdagi mijozdan TRIA kartasini buyurtma berishda muammo paydo boʻlgani toʻgʻrisida.
ANORBANKda o’rnatilgan zamonaviy tizimlar Bankka murojaat qilayotgan shaxslarning har bir murojaatini va ushbu murojaat bo’yicha qilingan har bir harakat yoki jarayonlarni yozib borish va nazorat qilish imkoni beradi. Ushbu tizim yordamida barcha jarayonlarni koʻrib chiqib quyidagilarni aniqladik:


2021 yilning iyun oyida ANORBANKka Mijoz birinchi marotaba muddatli to'lov kartasini olish uchun murojaat qilgan va o'sha paytda Mijoz o'z maxfiy so'zini o'rnatgan. Mijoz Bankning maʼlumotlar bazasida telefon raqami va maxfiy soʻzi bilan roʻyxatda qolgan. Maxfiy so’z – murojaatchi tomonidan o’rnatiladigan va kelajakda uning shaxsini masofaviy (telefon orqali) aniqlash uchun ishlatiladigan so’z.


Mijoz 2022 yil 9- mart, 18- mart va 28- mart kunlari Bankning rasmiy sayti orqali TRIA kartasini buyurtma qilish uchun qo’ng’iroq qilishlari uchun o’z raqami bilan ariza qoldirgan. Ushbu kunlarning o’zidayoq Bankning aloqa markazi zudlik bilan Mijoz bilan bog’langan 9-mart kuni soat 12:33da, 18-mart kuni soat 16:01 va 17:10da va 28- mart 10:37da. 9- mart kuni aloqa markazi birinchi bog’langan paytida Mijoz maxfiy so’zi noto’g’ri aytayotgani va Mijoz TRIA kartasi ochish uchun mobil ilova orqali buyurtma berish imkoniyati borligi va undan qanday foydalanishni aytib o’tgan. Mijoz 18- mart kuni mobil ilova orqali TRIA kartasiga buyurtma bergan va Mijoz TRIA kartasi Bankning Urgench sotuv bo’limida chiqqan. Urgench sotuv bo’limi xodimi 18-mart kuni qo’ng’iroq qilganida Mijoz raqami xizmat doirasidan tashqarida bo’lgan, 20-mart kuni qo’ng’iroq qilganida esa raqam o’chiq bo’lgan. Mijoz mobil ilova orqali bergan buyurtmasi bo’yicha TRIA kartasi chiqqanligini mobil ilovada ko’rsatilgan ma’lumot orqali bilmagan. Aloqa markazi Mijoz bilan bog’langanda TRIA kartasiga buyurtma bermoqchi bo’lgani va mobil ilova orqali buyurtma bera olmayatganligi bilan e’tiroz qilgan. Aloqa markazi xodimi Mijozning buyurtmalari holatini bilish uchun Mijozdan maxfiy so’zni aytishni so’raganda Mijoz har safar maxfiy so’zni noto’g’ri aytgan. Mijoz o’z maxfiy so’zini to’g’ri aytmaganligi sababli TRIA kartasini holatini bilish yoki ochish imkoni ham bo’lmagan. Yuqoridagi barcha qo’ng’iroqlarda Mijoz o’z maxfiy so’zini bilmaganligi sababli aloqa markazi Mijozga TRIA kartani ochishga imkoni bo’lmagan yoki TRIA kartasi ochilganligi haqida ma’lumotni ham ko’ra olmagan. Bundan tashqari, har bir qo’ng’iroqda Mijozga ushbu maxfiy so’zni mobil ilova orqali bemalol o’zgartirish imkoni borligini va qanday o’zgartirish mumkinligini aloqa markaz xodimi to’liq tushuntirib o’tgan.

4- aprel kuni Bankning aloqa markazi xodimi maxfiy soʻzni oflayn rejimda oʻzgartirish uchun arizani qabul qilgan. Bank vakili mijozning shaxsini aniqlash va maxfiy soʻzini oʻzgartirish uchun mijozning oldiga borishi kerak. Maʼlumot uchun: mijozlarimiz ilovada masofaviy identifikatsiyadan oʻtib, o'zlari mobil ilovadagi maxfiy soʻzini oʻzgartirish imkoniyatiga egalar.

Mijoz @bankirkundaligi telegram kanaliga murojaat qilganidan soʻng biz u bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻldik va Bank vakili o’sha kunning o’zida Mijoz bilan uchrashib kartani yetkazib berdi.


Mijozning o’zi aloqa markaziga faqat bir martagina qoʻngʻiroq qilgan va navbatda 49 soniya kutgan.


Mijoz bilan boshqa barcha aloqalar saytda "ariza qoldirish" bo'limi orqali oʻtqazilgan va Bankning aloqa markaz xodimlari ariza tushgan kunning o’zidayoq Mijozga qoʻngʻiroq qilishgan.


Mijozlarga xizmat koʻrsatish qulay boʻlishi uchun ANORBANK omnikanal usuli yo’lga qo’yilgan bo’lib, mijozlar telegram botga yozishlari yoki “qayta qoʻngʻiroq qilish” xizmatiga buyurtma berishlari mumkin.


Aloqa markazi xodimlari mijoz uchun qulay vaqtda qaytib qoʻngʻiroq qilishadi.


Hozirda bizning aloqa markazimizda jismoniy va yuridik shaxslarga tun-u kun xizmat koʻrsatadigan 250 dan ortiq universal menejerlar ishlaydi.


Bugungi kunga kelib, Aloqa markazimiz kuniga 10 000 ga yaqin qoʻngʻiroqlarni qabul qilmoqda.  Barcha qo'ng'iroqlar kunning tig'iz vaqtiga qaramasdan, aloqa markazimiz hodimlari tomonidan 1 daqiqadan 10 daqiqagacha vaqt oralig'ida hizmat ko'rsatilmoqda.


Tez orada biz mijozlarga masofaviy identifikatsiyadan oʻtish va bir zumda ilovaning oʻzida virtual karta ochish imkoniyatini taqdim etamiz. Virtual karta jismoniy shaxlarning koʻplab ehtiyojlarini qondiradi va Siz uni kutishingiz yoki buning uchun bankka kelishingiz shart emas.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: