ANORBANKning tarqalgan ma’lumot yuzasidan rasmiy bayonoti

03.07.2025

ANORBANKning tarqalgan ma’lumot yuzasidan rasmiy bayonoti

газета2.jpg

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ANORBANK aksiyadori ishtirokidagi voqea to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlar munosabati bilan bank quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ushbu hodisa korporativ bo‘lmagan xususiyatga ega bo‘lib, bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas. ANORBANK o‘z ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda - barcha bo‘limlar, xizmatlar va raqamli kanallar barqaror ishlayapti, joriy va strategik loyihalar tasdiqlangan rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

ANORBANK ommaviy axborot vositalari vakillaridan ushbu mavzuni yoritishda axloqiy me’yorlarga rioya qilishni, tekshirilmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni va shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishni so‘raydi. Bank, shuningdek, ortiqcha muhokamalar yoki tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatish rasmiy tergov jarayoniga ham, jabrlanuvchining shaxsiy hayoti daxlsizligiga hurmat ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tiborni qaratadi.

ANORBANK barqarorlik, professionallik va mas’uliyatni saqlagan holda har bir mijoz uchun ishonchli moliyaviy hamkor bo‘lish vazifasiga sodiq qolishda davom etadi.

ANORBANK tarqalayotgan ma’lumotlarga tushunish va hamdardlik bilan yondashgan barcha mijozlar, hamkorlar va hamkasblarga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Axborotga nisbatan sezgir vaziyatda bank sizning hamdardligingiz, sodiqligingiz va barqaror hamda ishonchli tashkilot sifatida bankka bo‘lgan ishonchingizni alohida qadrlamoqda. Bizga ko‘plab iliq so‘zlar va qo‘llab-quvvatlovlar yo‘llanmoqda, bu esa o‘zaro hurmat darajasining yuqoriligini tasdiqlaydi va ochiqlik hamda mas’uliyat tamoyillariga sodiqligimizni yanada mustahkamlaydi.


Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:

Facebook  | Telegram | Instagram 




Shuningdek o`qing

15.07.2025 Endi Karta MASTERCARD MILLIY’ni bepul buyurtma qilish mumkin
11.07.2025 Mastercard Milliy va Anor Black kartalari bo‘yicha balansni tekshirish — komissiyasiz
01.07.2025 11-iyuldan boshlab “Baraka” omonati yanada manfaatliroq bo‘ladi

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: