ANORBANKning 2022 yilda bo’lgan muhim yutuqlari va tantanalari

30.12.2022

7.jpg

(25.01.2022) Yanvar - Play Marketda Anorbank birinchi o’rinda. Ilovamiz Play Market ilovalar doʻkonining moliya boʻlimida birinchi oʻrinni egalladi.

(25.01.2022) Yanvar - HUMO Pay kontaktsiz toʼlovlar xizmati. Anorbank ilovasining foydalanuvchilari HUMO Pay kontaktsiz toʼlovlar xizmatini ishlatish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

(27.01.2022) Yanvar - Muddatli to’lov kartasining limiti ko'tarildi. Muddatli to’lov xizmati bo’yicha limitning miqdori 20 mln so’mni tashkil qildi.

(31.01.2022) Yanvar - Yuklamalar soni 500 mingdan oshgani va jismoniy shaxslardan jalb qilingan muddatli omonatlar miqdori esa 500 milliard so‘mga yetgani ma’lum bo’ldi.

(02.02.2022) Fevral - Mobil ilovamizning UX/UI test sinovi. Anorbank ilovasi ishlashida noqulayliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida bir guruh respondentlar test sinovlarida ishtirok etdilar.

(07.02.2022) Fevral - Anorbank – O'zbekistonda birinchi o'rindagi ilova. O‘zbekistondagi barcha ilovalar orasida Play Market reytingida bizning mobil ilovamiz birinchi o‘rinni egalladi.

(16.02.2022) Fevral — Asosiy va aylanma mablagʻlar uchun kredit. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar biznes ehtiyojlari uchun 500 million soʻmgacha boʻlgan ikki xil turdagi kreditlar olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

(28.03.2022) Mart — Anorbank ilovasidan 1 200 000 kishi foydalanishni boshladi. Ilova uzoq payt mavjud boʻlmagan boʻlsa-da, biz qisqa vaqt ichida bunday yuqori koʻrsatkichlarga erisha oldik.

(06.04.2022) Aprel — Rossiyadan oʻtkazmalar Tinkoff ilovasi orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi. ANORBANK mijozlari ilovamizdagi hamyonga Rossiya Federatsiyasidan pul oʻtkazmalarini telefon raqami boʻyicha tunu kun qabul qilishlari mumkin boʻldi.

(12.04.2022) Aprel — Anorbank ilovasida masofaviy identifikatsiya va TRIA virtual kartasini olish imkoniyati joriy etildi. Endi mijoz boʻlish uchun odamlarga masofaviy identifikatsiyadan oʻtish kifoyadir. Bundan keyin esa ular avtomatik ravishda TRIA virtual kartasini qoʻlga kiritiladilar.

(10.05.2022) May — ANORBANK III Xalqaro reytinglar forumida ishtirok etdi. 7-may kuni poytaxtimizda III Xalqaro reytinglar forumi boʻlib oʻtdi. U yerda raqamli iqtisodiyot, uning mamlakatda rivojlanishidagi toʻsiqlar va boshqa koʻplab masalalar muhokama qilindi.


(24.05.2022) May - Anor Business ilovasi ishga tushirildi. Biz tadbirkorlar uchun yangi Anor Business mobil banking ilovasini ishga tushirdik. Muammolarni hal qilish, hujjatlarni yuritish va biznes jarayonlarini bajarish yanada osonlashdi.

(05.06.2022) Iyun – Butun ANORBANK jamoasi uchun timbilding bo’lib o’tdi. Tadbir “Sokol” oromgohida bo‘lib o‘tib, unda 200 nafardan ortiq bank xodimlari “Kub” kvesti va “Quiz, please” viktorinasida faol ishtirok etishdi.

(09.06.2022) Iyun - Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 1 milliard so’mgacha naqd pulda kredit.

(16.06.2022) Iyun - Onlayn mikrokredit limiti 50 000 000 so‘mgacha ko‘tarildi. Anorbank ilovasi orqali katta limit va qulayroq shartlar bilan mikrokredit olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

(24.06.2022) Iyun - Muddatli to’lov kartasining limiti 30 000 000 so‘mgacha ko‘tarildi. Unumli xaridlar va yaxshi kayfiyat yanada ko’paydi.

(28.06.2022) Iyun - Tog'da IT bo'limi, chakana savdo va korporativ biznes departamentlarning xodimlari uchun timbilding bo’lib o’tdi.

(05.07.2022) Iyun - 2 000 000 dan ortiq foydalanuvchi bizga ishonch bildirmoqda. Yuklamalar soni 2 000 000 dan oshdi va bu hali boshlanishi.

(11.07.2022) Iyul - Joriy hisob raqamdan Biznes karta yordamida mablag'larni naqd pulda yechib olish imkoniyati paydo bo'ldi. Hisobdan Biznes kartaga pul o'tkazish kifoyadir.

(03.08.2022) Avgust - Telefon raqami bo'yicha Sberbank Online ilovasi orqali Rossiyadan O'zbekistonga pul o'tkazmalari.

(08.08.2022) Avgust - Togʻdagi Panoramic Spa Hotel mehmonxonasida chakana/korporativ biznes va savdo departamentlar xodimlari uchun Timbilding boʻlib oʻtdi.

(16.08.2022) Avgust - Tadbirkorlar uchun yangi tarif - Konstruktor. Bu individual shartlar asosida xizmat ko’rsatish.

(19.08.2022) Avgust - Bankning butun faoliyati davomida depozitlar bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar miqdori 2,5 trillion so‘mga yetdi.


(22.08.2022) Avgust - ANORBANK ikki yoshda! Ushbu muhim kunda biz erishib bo’lgan barcha natijalarimizni yodga oldik.

(23.08.2022) Avgust - Anorbank ilovasida ANOR muddatli to‘lov kartasini ochish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, virtual muddatli to'lov kartasi egasiga aylanish mumkin.

(27.08.2022) Avgust - ANORBANK aloqa markazi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining “Aloqa markazi xizmat ko‘rsatish darajasi” reytingida yetakchi o'rinni egalladi.

(30.08.2022) Avgust - Biz “HUMO” toʻlov tizimi tomonidan “Kobeyj kartalarini chiqarish boʻyicha eng yaxshi hamkor” deb tan olindik.

(06.09.2022) Sentyabr - Anorbank ilovasi orqali hisoblarni qulay tarzda to‘lash uchun “Mening uyim” funksiyasini joriy qildik.

(09.09.2022) Sentyabr - Bankning 2 yilligi munosabati bilan Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tashkil etildi.

(10.09.2022) Sentyabr - Bank xodimlari Green Hills Resort dam olish maskanidagi Timbildingda qatnashishdi. Unda sotuv bilan bogʻliq xodimlar ishtirok etishdi.

(13.09.2022) Sentyabr - O'zbekistondagi birinchi noyob karta – ANOR BLACK. U UzCard, HUMO va MasterCard terminallarida ishlab, 4ta valyuta hisobini o’z ichida saqlashi mumkin: Oʻzbekiston soʻmi, AQSh dollari, Yevro va Rossiya rubli.

(16.09.2022) Sentyabr - Informatsion texnologiyalarga bagʻishlangan konferensiyada ishtirok etdik. Asosiy eʼtibor mijozga va innovatsion texnologiyalarga qaratilgan edi. Biznes-uchrashuvida “ANORBANKda nutq texnologiyalarini joriy etish” loyihasi muhokama qilindi.

(25.10.2022) Oktyabr - Ilovamiz 3,0 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan yuklab olindi. Bankning aktivlari esa 3,3 trillion so'mdan oshdi.

(28.11.2022) Noyabr - Yaxshilangan Smart 3.0 muddatli omonatni ishlab chiqdik.

(15.12.2022) Dekabr - ANORBANK "Assosiatsiya rossiyskix bankov" va "Natsional'niy Bankovskiy Jurnal" tomonidan tashkil etilgan "Natsional'naya bankovskaya premiya 2022" g‘olibiga aylandi.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: