ANORBANK va U-BSS kompaniyasi “Digital Uzbekistan” Plus forumida eng yaxshi mobil bank deb topildi

19.06.2024

ANORBANK va U-BSS kompaniyasi “Digital Uzbekistan” Plus forumida eng yaxshi mobil bank deb topildi


ANORBANK va U-BSS vakillari Toshkentda boʻlib oʻtgan “Digital Uzbekistan” xalqaro Plus forumida “Eng yaxshi mobil bank” mukofotiga sazovor boʻldi.


Shuningdek, ANORBANK’ning “Yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari” yo‘nalishi rahbari Anton Gayvoronskiy va U-BSS kompaniyasining xalqaro rivojlanish markazi direktori Yevgeniy Ponomaryov forumning rasmiy qismida raqamli transformatsiya bo‘yicha o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashishdi. Mutaxassislar O‘zbekistonning birinchi raqamli banki ANORBANK misolida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni har tomonlama raqamlashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritishdi


“PLUS Galaxy Award” — “Digital Uzbekistan” yirik xalqaro forumining bir qismi bo‘lib, moliyaviy texnologiyalar, bank biznesi, shuningdek, elektron tijorat va marketpleyslar sohasida erishilgan yutuqlarning munosib e’tirofi sanaladi.


Ushbu mukofotni qoʻlga kiritish biz uchun katta sharaf! Hamkorlarimiz — U-BSS kompaniyasiga loyihamizni amalga oshirishdagi yaqin hamkorlik uchun hamda “Digital Uzbekistan” Plus forumi tashkilotchilariga yuksak e’tirof uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!


Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram

Shuningdek o`qing

24.06.2025 2025-yil 1-iyuldan boshlab kredit xizmatlari bo‘yicha shartlarimiz yaxshilanmoqda.
23.06.2025 Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkor bo‘ldi
20.06.2025 ANORBANK va Toshkentdagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: