2025-yil 18-iyun kuni ANORBANK va Toshkentdagi Inha universiteti o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Inha universiteti O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va muhandislik sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu hamkorlik kadrlar salohiyatini rivojlantirish va raqamli sohada biznes bilan oliy ta’lim o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Talabalar uchun bu zamonaviy bankda amaliyot o‘tash va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.
ANORBANK uchun esa IT va moliya sohasidagi istiqbolli yosh mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini beradi.
Raqamli bank sifatida ANORBANK texnologiyalarni rivojlantirishga faol sarmoya kiritadi hamda raqamli iqtisodiyot uchun professional kadrlar tayyorlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:
Facebook | Telegram | Instagram