Anorbank va Osiyo taraqqiyot banki: raqamli moliya rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi

16.04.2025

Anorbank va Osiyo taraqqiyot banki: raqamli moliya rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi

anor_news.jpg

anor_news_uz.jpg
   2025-yil 16-aprelda Anorbank bosh ofisida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan O‘zbekiston moliya sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi dasturi bo‘yicha tanishuv doirasida uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:

— Raqamli banking va texnologik infratuzilmani rivojlantirish

— Kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish

— Banklar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari


Anorbank tomonidan bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, PwC (PricewaterhouseCoopers) bilan hamkorlikda tayyorlangan rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari taqdim etildi. Bundan tashqari, kelgusi islohotlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Ushbu uchrashuv Anorbank va OTB o‘rtasidagi O‘zbekistonda moliya sohasining barqaror o‘sishini ta’minlash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Shuningdek o`qing

24.06.2025 2025-yil 1-iyuldan boshlab kredit xizmatlari bo‘yicha shartlarimiz yaxshilanmoqda.
23.06.2025 Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkor bo‘ldi
20.06.2025 ANORBANK va Toshkentdagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: