Anorbank raqamli banki va Beelab fintech kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. Hamkorlik qo‘shma raqamli mahsulotlarni yaratish va butun mamlakat bo‘ylab millionlab foydalanuvchilar uchun bank xizmatlarini yanada qulay va oson qilish maqsadida moliyaviy ekotizimni kengaytirishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida Anorbank’ning asosiy xizmatlarini Beepul ilovasiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda: mikroqarzlarni rasmiylashtirish va to‘lash, qo‘shma ko-brend kartalarini chiqarish, shuningdek, muddatli to‘lov dasturlarini joriy etish. Loyihaning birinchi bosqichi 2025-yilning uchinchi choragida boshlanadi va unda ikki kompaniya mutaxassislarining birlashgan jamoalari ishlaydi.
"Biz uchun Beelab bilan hamkorlik mavjudlik kanallarini kengaytirish va mijozlar bilan yangi aloqa nuqtalarini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Biz zamonaviy auditoriya kutayotgan innovatsion yechimlarni joriy etish orqali Anorbank raqamli ekotizimini rivojlantirishga intilamiz," - dedi Anorbank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Anvar Saydullayev.
"Biz naqd pulsiz moliyaviy xizmatlarni O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun yanada xavfsiz, tezkor va qulay qilishga intilamiz. Anorbank bilan hamkorlik Beepul platformasini rivojlantirish va mijozlarimiz uchun foydali yechimlar yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi," - deya ta’kidladi Beelab direktori Anatolii Pavlinov.
Hamkorlik texnologik rivojlanish hamda bank sohasi va fintech tajribasini birlashtirishga bo‘lgan umumiy intilishni aks ettiradi. Bu O‘zbekiston aholisiga qulay, tezkor va xavfsiz raqamli xizmatlarning yangi avlodini - onlayn to‘lovlardan tortib, bir ilovada to‘liq moliyaviy mahsulotlargacha taklif etish imkonini beradi.
Anorbank haqida
Anorbank - onlayn xizmatlarning zamonaviyligi bilan jismoniy bo‘limlarning mavjudligini uyg‘unlashtiradigan O‘zbekistonning zamonaviy raqamli banki. 2020-yilda tashkil etilgan bank moliyaviy xizmatlarning to‘liq spektrini taklif etadi: pul o‘tkazmalari va mikroqarzlardan tortib depozitlar, kartalar va xalqaro to‘lovlargacha. Mobil ilova orqali oson boshqarish, shaffof shartlar va mijozga yo‘naltirilganlik Anorbankni qulaylik, tezlik va ishonchlilikni qadrlaydigan mijozlar tanloviga aylantiradi.
Anorbank mahsulotlari va xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni bankning veb-sayti, ilovasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.
Beepul xizmati haqida
Beepul - O‘zbekiston Respublikasidagi 1000 dan ortiq xizmat va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda universal yordamchi. Kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqa imkoniyatlar bitta ilovada va mobil telefon ekraniga bir necha marta teginish orqali amalga oshiriladi. Beepul O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari mijozlariga kartalar o‘rtasida bir zumda pul o‘tkazmalari, karta rasmiylashtirish, qarz olish, to‘lovlarni boshqarish hamda barcha operatsiyalar uchun BEEP-bonuslar hisoblanadigan noyob sodiqlik dasturini taklif etadi.
Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:
Facebook | Telegram | Instagram