ANORBANK rasmiy bayonoti

07.07.2025

ANORBANK rasmiy bayonoti

tg_image_1680617851_4_1.jpeg

Ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK mijozlari ma’lumotlar bazasi go‘yoki sotilgani haqida tarqalayotgan xabar munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

5-iyul kuni Facebook’dagi ikki guruhda ANORBANK mijozlar bazasini sotish haqidagi da’volar bilan postlar joylashtirildi. Bank tomonidan bu xabarni tarqatgan profil shikoyat e’lon qilingan kunda yaratilgani va unda internetdan yuklab olingan bor-yo‘g‘i bitta surat borligi aniqlandi. Ma’lumotlar sizib chiqish faktini tekshirish jarayonida xabarning soxta ekanligi tasdiqlandi. Ushbu postlar dalil va faktlar yo‘qligi sababli guruhlar ma’muriyati tomonidan o‘chirib tashlandi.

Shunga qaramay, 7-iyul kuni Eltuz Telegram kanali ushbu guruhlardan birining ma’lumotlariga asoslangan materialni, moderatorlar tomonidan ishonchsiz deb o‘chirilgan bo‘lsa-da, e’lon qildi.

ANORBANK axborot xavfsizligi xizmati mijozlar raqamlari mavjud bo‘lgan "sizib chiqishlar" yoki ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga olgan bunday manbalar va nashrlarni muntazam ravishda kuzatib boradi. Ushbu xabar tekshirildi va kuzatilayotgan platformalarning hech birida aniqlanmadi, bu esa mazkur ma’lumotning soxta ekanligini ko‘rsatadi. Bu xabarlar provokatsion xususiyatga ega bo‘lib, bankni obro‘sizlantirishga qaratilgan.

ANORBANK xavfsizlik tizimi mijozlar mablag‘lari va ma’lumotlarining ko‘p qatlamli himoyasini ta’minlaydi.

Omonatlari bo‘lgan mijozlar uchun qo‘shimcha nazorat darajasi mavjud: yangi qurilmadan mobil ilovaga kirishga urinilganda, tizim tomonidan avtorizatsiya avtomatik ravishda rad etiladi.

Omonatlari bo‘lmagan mijozlar uchun masofaviy identifikatsiya mexanizmi qo‘llaniladi — yangi qurilmadan kirish faqat shaxs tasdiqlangandan so‘ng mumkin bo‘ladi.

Bunday himoya tizimi ruxsatsiz kirishni istisno qiladi va mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari hamda moliyaviy aktivlari xavfsizligini kafolatlaydi.

Muhim: qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik guruh yoki kanal administratorlari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin. Bunday holatlar yuzaga kelganda bank o‘z obro‘sini himoya qilish uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Tushunganingiz uchun minnatdormiz va bunday materiallarga mas’uliyat bilan yondashishingizga umid qilamiz.


Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:

Facebook  | Telegram | Instagram 




Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing