Bank aksiyadorlaridan biri haqida turli manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlar munosabati bilan ANORBANK o‘zining rasmiy pozitsiyasini bildirishni zarur deb hisoblaydi.
Gap Bank faoliyati, uning kapitali, boshqaruvi yoki operatsion faoliyatiga aloqador bo‘lmagan aksiyadorlardan birining shaxsiy masalalari haqida bormoqda. Ushbu masalalarni Bank faoliyati bilan aralashtirish noto‘g‘ri va nomaqbuldir.
Mazkur masala yuzasidan Bankka hech qanday rasmiy tasdiq yoki so‘rov kelib tushmagan. Turli manbalarda tarqalayotgan ma’lumotlar rasmiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanmagan va vakolatli organlar tomonidan ham tasdiqlanmagan.
ANORBANK odatdagi ish tartibida faoliyat yuritishda davom etmoqda: barcha bank operatsiyalari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar odatdagi tartibda bajarilmoqda.
Mijozlarimiz, hamkorlarimiz va jamoatchilikdan tekshirilmagan hamda anonim manbalar tomonidan tarqatilayotgan materiallarga tanqidiy yondashish va faqat rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlangan ishonchli ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz.
Ishonchli va dolzarb ma’lumotlar uchun faqat Bankning rasmiy kanallariga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Hurmat bilan,
ANORBANK matbuot xizmati
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing