ANORBANK nutq texnologiyalari va ilg‘or biznes amaliyotlari sohasidagi yutuqlarini taqdim etdi

23.05.2023

ANORBANK nutq texnologiyalari va ilg‘or biznes amaliyotlari sohasidagi yutuqlarini taqdim etdi


        Joriy yilning 23-may kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi tizimli integratori U-BSS va Person Hunters kompaniyalar guruhi tomonidan “U-BSS nutq texnologiyalari va biznes amaliyotlaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda raqamli transformatsiya” konferensiyasi o‘tkazildi.

        Tadbir davomida neyrotexnologiyalar rivojidagi so‘nggi innovatsiyalar va tendentsiyalar hamda ularni bank sohasida qo‘llash imkoniyatlari, mamlakatimiz banklarida nutq texnologiyalarini joriy etish tajribasi va ular yordamida biznes faoliyatini takomillashtirish, mijozlar yo’lini raqamlashtirish, shuningdek, xodimlarni raqamli transformatsiyaga tayyorlashdagi tafsilotlar kabi masalalar muhokama qilindi.

        Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan bank rahbarlari, telekommunikatsiya sektori vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Jumladan, kun tartibida biznesni raqamlashtirish va biznes jarayonlarini optimallashtirish, aloqa markazlari va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish va sifat nazoratini o‘rnatish bilan bog‘liq masalalar o‘rin olgan.

        Tadbirda ANORBANK boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ikrom Shukurov so‘zga chiqdi. U ANORBANK va an’anaviy oflayn banklar o‘rtasidagi asosiy farqlar, uning raqamli mohiyati, shuningdek, keyingi rivojlanish rejalari haqida to’xtalib o’tdi.

        I. Shukurov ANORBANK O‘zbekistonda birinchi bo‘lib uydan chiqmasdan mijoz bo‘lish va virtual kartalarni mustaqil ravishda chiqarish imkonini beruvchi masofaviy identifikatsiya jarayonini joriy qilganini ta’kidladi.

        “200 ga yaqin xodim mehnat qiladigan va tunu-kun faoliyat ko’rsatadigan aloqa markazimizni alohida eslatib oʻtmoqchimiz. Ular murojaatlarni zudlik bilan ko'rib chiqishadi, ijtimoiy tarmoqlarda esa kiruvchi xabarlarga 24/7 rejimida javob berishadi.

        Shuni alohida ta’kidlash joizki, nutq texnologiyalarini joriy etish bankimiz aloqa markazi yuklamasini va mijozlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi. Virtual yordamchining kechayu kunduz ishi tufayli bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshib bormoqda, bu esa mijozlarimizning sodiqligini oshiradi. Nutq texnologiyalarining joriy etilishi bank nufuzini mustahkamlashi ham muhimdir.

        Ayni paytda biz mijozlarimizning murojaatlari bo'yicha qimmatli statistik ma'lumotlarni yig’ib boryapmiz. Anora ismli robot-maslahatchimiz ishining murakkab aloqa ssenariylarini yaratishda ishtirok etmoqdamiz, shuningdek, aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilganda bank mijozlari uchun biometrik identifikatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz”, – dedi I. Shukurov.

        Xulosa qilib aytganda, ANORBANK boshqaruvi raisi o‘rinbosari ayni paytda o‘zbek tilida avtomatik rejimda robotlashtirilgan xizmat ko‘rsatish mavzularini kengaytirish, mobil ilovada ovozli boshqaruvni joriy etish va nutq tahlilidan foydalangan holda aloqa markazi faoliyati samaradorligini baholash hamda mijozlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: