ANORBANK-ning muddatli to'lov kartasini kutib oling!

21.01.2021

Anor muddatli to‘lov kartasi — bankning hamkor do‘konlari tomonidan sotilayotgan mahsulot va xizmatlarni foizsiz xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan karta. Hamkor bilan tuzilgan kelishuvga qarab, to‘lov muddati 1 oydan 12 oygacha bo‘lishi mumkin.

Endi ortiqcha to‘lovlar bo‘lmaydi – 75 nafar hamkorlarimizning mahsulot va xizmatlarini haqiqiy muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati mavjud.

Qarz oluvchi uchun limit — 1 000 000 so‘mdan 10 000 000 so‘mgacha (aniq miqdor mijozning daromadlarini inobatga olgan holda aniqlanadi).

Limit muddati — bitimning umumiy muddati 48 oydan oshmaydi. Limit 36 ​​oy davomida amal qiladi, to‘lov kartasi mablag‘laridan foydalanish 36 oydan keyin to‘xtatiladi, oxirgi 12 oyda faqat qarz miqdori qaytariladi, mablag‘dan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi.

Afzalliklari:

  • Turli xil xaridlarni boshlangich to‘lovsiz amalga oshirish imkoniyati;

  • Kartani chiqarish va yetkazib berish bepul. Virtual kartani chiqarish hamkorlarning savdo do‘konlarida shu vaqtning o‘zida amalga oshiriladi;

  • Muddatli to‘lov bepul taqdim etiladi;

  • Qayta tiklanadigan kredit liniyasi shartnoma muddati davomida turli xil sotuvchilardan bir nechta mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida sotib olish imkoniyatini beradi.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: