
2025-yilda SNS Ratings agentligi o‘tkazgan reyting natijalariga ko‘ra, ANORBANK mobil ilovasi 94,6 ball to‘plab, AAA (uz) - Ideal | A’lo darajadagi eng yuqori reytingni tasdiqladi.
Baholash foydalanuvchi tajribasi, ishonchlilik, funksionallik va qulaylik tahlili asosida amalga oshirildi. AAA reytingining muntazam ravishda berilishi ANORBANK’ning raqamli xizmatlar sohasidagi doimiy yuqori standartlarini aks ettiradi va uning mobil banking bozoridagi ko‘p yillik peshqadamligini tasdiqlaydi.
ANORBANK zamonaviy mijozlarga xavfsiz va qulay moliyaviy boshqaruv vositalarini taqdim etish orqali ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni va mijozlarga e’tiborni kuchaytirishni davom ettirmoqda.
Bu yutuqqa erishish mijozlarning ishonchi va ularning fikr-mulohazalari tufayli mumkin bo‘ldi. Bu esa bankning raqamli mahsulotlarini uzluksiz takomillashtirishga yordam beradi.
Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:
Facebook | Telegram | Instagram
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing