ANORBANK jamoasi ZAAMIN ULTRA 2025’ni zabt etib, ruhiy kuch va sog‘lom turmush tarziga sadoqatini namoyon qilmoqda

16.06.2025

ANORBANK jamoasi ZAAMIN ULTRA 2025’ni zabt etib, ruhiy kuch va sog‘lom turmush tarziga sadoqatini namoyon qilmoqda

новость1.jpg

ANORBANK jamoasi ZAAMIN ULTRA 2025’ni zabt etib, ruhiy kuch va sog‘lom turmush tarziga sadoqatini namoyon qilmoqda

TOSHKENT, O‘zbekiston — 2025-yil 14-15-iyun — Zomin milliy bog‘ining betakror go‘zallik bilan nafas olayotgan so‘lim tog‘ oldi hududlarida ulkan sport hodisasi — ZAAMIN ULTRA 2025 ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. Bu yil ham an’anani faxr bilan davom ettirgan ANORBANK jamoasi ushbu hayajonli musobaqada ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga sadoqati va yengilmas jamoaviy ruhini namoyish etdi.

ZAAMIN ULTRA 2025’da qatnashish ANORBANK nafaqat o‘z xodimlarini qo‘llab-quvvatlayotganining, balki ularning salomatlikni mustahkamlash va shaxsiy rivojlanishga yordam beradigan sport tadbirlarida faol ishtirok etishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratayotganining yorqin isboti bo‘ldi.

ANORBANK xodimlari o‘zlarining maxsus kiyimlarini kiyib, dunyoning 20 mamlakatidan, jumladan Avstraliya, Malayziya, AQSH va Qozog‘istondan kelgan 2000 dan ortiq ishtirokchilar orasida turli masofalarda ishonch bilan start olishdi. Egri-bugri so‘qmoqlardan tashlangan har bir qadam, tik qiyaliklarga ko‘tarilgan har bir harakat qat’iyat va o‘z kuchiga ishonch bilan yo‘g‘rilgan edi. ANORBANK jamoasi bir-birini qo‘llab-quvvatlab, yangi yutuqlarga ilhomlantirib, uyg‘un harakat qildi.

ZAAMIN ULTRA 2025 ultramarafoni ANORBANK jamoasi uchun shunchaki sport musobaqasi emas, balki maqsadga intiluvchanlik, birdamlik va mukammallikka intilishni ko‘rsatish imkoniyatiga aylandi. Jamoaning har bir a’zosi o‘zini va tabiat kuchlarini yengib, o‘z kuchiga va hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashiga ishonganlar uchun to‘siqlar yo‘qligini isbotladi.

Finishda ANORBANK jamoasining so‘nggi a’zosi mo‘ljallangan chiziqni kesib o‘tganida, barcha ishtirokchilarning qalblari quvonch va g‘urur tuyg‘ulariga to‘ldi. Ular nafaqat eng murakkab masofalarni bosib o‘tishdi, balki haqiqiy jamoaviy ruh va bukilmas iroda namunasini ham ko‘rsatishdi. Ko‘kraklardagi medallar va yuzlardagi tabassumlar ANORBANK nafaqat sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi, balki odamlarni umumiy maqsadlar sari birlashtirishining eng yaxshi dalilidir.

ZAAMIN ULTRA 2025 ultramarafonida ishtirok etish — bu ANORBANK o‘z xodimlarining farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilayotganining ko‘plab misollaridan biridir. Kompaniya kelajakda ham jamoaviy ruhni mustahkamlash, har bir jamoa a’zosining salomatligi va shaxsiy o‘sishiga hissa qo‘shadigan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.


Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:

Facebook  | Telegram | Instagram 




Shuningdek o`qing

18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar
29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing