ANORBANK ishtirokida boʻlib oʻtgan biznes-uchrashuv: Mijozga qaratilgan raqamli transformatsiya

16.09.2022

IMG_1046.JPG

2022-yilning 15-sentyabr kuni Hyatt mehmonxonasida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Uning mavzusi informatsion texnologiyalarga bagʻishlangan. Asosiy eʼtibor mijozga va innovatsion texnologiyalarga qaratilgan. Hamkorimiz BSS ushbu tadbirning tashkilotchilaridan biri boʻldi.


Rossiya, Oʻzbekiston va Yevropadan kelgan spikerlar biznesning raqamli transformatsiyasi haqida oʻz bilimlarini va tajribalarini soʻzlab berishdi. Darvoqe, ularning orasida ANORBANK boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ikrom Shukurov ham bor edi. U yerda Ikrom Shukurov, ANORBANKda nutq texnologiyalarini joriy etish haqida batafsil aytib berdilar. Shunday qilib, biz aloqa markazimizga yangi imkoniyatni kiritdik: Intellektual ovozli yordamchi. Ushbu yordamchi tufayli biz aloqa liniyasidagi navbatni qisqartirishga, oʻz xarajatlarimizni optimallashtirishga va bank nufuzini oshirishga muvaffaq boʻldik.


Shuningdek, tadbirda mijozlarning yoʻlini tarsformatsiyalash, moliya sektorini raqamlashtirishdagi xatolar, aloqa markazlarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqa koʻplab muhim masalalar koʻrib chiqildi.


Bunday tadbirda ishtirok etib, koʻplab foydali va qiziqarli maʼlumotga ega boʻldik.


Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: