ANORBANK Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ijtimoiy loyihani amalga oshirdi

09.05.2025

ANORBANK Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ijtimoiy loyihani amalga oshirdi

16х10.jpg02.jpg

06.jpg
04.jpg03.jpg 01.jpg
ANORBANK Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ijtimoiy loyihani amalga oshirdi

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ANORBANK faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ularga hurmat ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani amalga oshirdi.

Tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi jangchi-faxriylar uyushmasi bilan hamkorlikda 8 nafar faxriyning jangovar mukofotlari qayta tiklandi. Har bir medal — mardlik, jasorat va fidoyilik tarixining timsoli. Mutaxassislar medallarni ehtiyotkorlik bilan qayta ishlab, ularga buyuk o‘tmish xotirasini saqlaydigan munosib ko‘rinishini qaytardilar.

Bundan tashqari, bank qahramonlarning xizmatlariga minnatdorchilik va hurmat ramzi sifatida har bir faxriyga Toshkentdagi eng nufuzli klinikalardan birida to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun sertifikat topshirdi. Tinchlik va ozodlik uchun kurashganlarning salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish zamonaviy jamiyatning ustuvor vazifasi va axloqiy majburiyatidir.

Ushbu loyiha ANORBANK uchun shunchaki tadbir emas, balki tarixiy xotirani asrab-avaylash va avlodlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash bo‘yicha keng qamrovli vazifaning bir qismiga aylandi.

Biz faxriylarga jasorat, matonat va minnatdor avlodlar qalbida abadiy saqlanadigan qahramonliklari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.




Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing