ANORBANK ichki va xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlamoqda

23.12.2025

ANORBANK ichki va xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlamoqda

сайт русс.jpg

Tasviriy rasm: ANORBANKning xalqaro strategiyasi

ANORBANK 2025-yilda barqaror o‘sish strategiyasini izchil ravishda amalga oshirishni davom ettirdi. Bank moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida faol harakat qildi. ANORBANK shaffof korporativ boshqaruv, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish va global standartlarga muvofiqlikka alohida e’tibor qaratmoqda. Bu esa bankning xalqaro moliya bozoriga integratsiyalashuviga ko‘maklashmoqda.

Korporativ boshqaruvni kuchaytirish va xalqaro tajribani jalb qilish maqsadida 2025-yil iyul oyida "Anor Bank" AJ Kuzatuv kengashiga Maksimillian Edvard Jonson tayinlandi. U Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan rivojlanayotgan bozorlarda ko‘p yillik ish tajribasiga ega britaniyalik mutaxassisdir. Jonsonning ishtiroki bankning korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va strategik rivojlantirishga qaratilgan.

Kuzatuv kengashiga, shuningdek, Stefani Rivoal ham tayinlandi. U Yevropa va Afrikadagi xalqaro investitsiya va ta’lim loyihalarida faoliyat yuritgan, strategik boshqaruv sohasidagi fransuz mutaxassisidir.

Xalqaro strategiyani amalga oshirishning muhim bosqichi sifatida Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kompaniya bank aksiyadorlari safiga qo‘shildi. Bu qadam uzoq muddatli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, kapital bazasini mustahkamlash va bank faoliyatining shaffofligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Xorijiy investor - Bekamin B.V. ulushli investitsiyalarni boshqarish va institutsional investorlar bilan ishlashga ixtisoslashgan kompaniyadir. Anor Bank aksiyalarini sotib olish strategik ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:

• bankning barqaror rivojlanishini ta’minlash va korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;

• bank sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;

• kelajakda qo‘shma investitsiya loyihalari va hamkorlikni amalga oshirish uchun zamin yaratish.

"Biz bu qadamlarni Anor Bank taraqqiyotidagi muhim bosqich deb hisoblaymiz. Xalqaro investorlarni jalb qilish va mustaqil ekspertlarning ishtiroki kapitalni mustahkamlash, shaffoflikni oshirish hamda mijozlar va hamkorlar uchun mahsulot va xizmatlarni faol rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning bank strategiyasiga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi," - deya ta’kidladi ANORBANK rahbariyati.

2025-yil yakunlarini sarhisob qilar ekan, ANORBANK bank xizmatlarini raqamlashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakat hududlarida moliyaviy savodxonlik dasturlarini rivojlantirish kabi muhim strategik tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Xorijiy investorni jalb etish va Kuzatuv kengashini xalqaro mustaqil ekspertlar bilan kuchaytirish bankning barqaror rivojlanishi va xalqaro bozorlarda yangi darajaga chiqishining muhim qismiga aylanmoqda.

Shuningdek o`qing

14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar
29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam
05.11.2025 «Barqaror» omonati: 2 yil davomida barqaror daromad

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing