"ANORBANK" da jismoniy shaxslar (norezidentlar) uchun bank hisobraqamlarini va kartalarini ochish qoidalari.

03.09.2022

2022-yil 13-sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonda norezidentlar quyidagi talablardan kamida bittasini bajarishsa, bank hisobraqamlarini va kartalarini ochish imkoniyatiga ega boʻladilar:

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish maqsadi koʻrsatilgan quyidagi hollarda;
1) Oʻqish, malaka oshirish:
- Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim muassasalarida malaka oshirayotganligi yoki talaba yohud tinglovchi maqomini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lganda;
2) Ishga joylashish:
- Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy ishga joylashganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda;
3) Davolanish:
- Oʻzbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalarida davolanish va/yoki koʻrikdan oʻtish maqsadida tashrif buyurganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda;
4) oʻzga (boshqa):
-O'zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz ravishda bankka murojaat qilingan kungacha 10 (o'n) kalendar kundan ortiq bo'lgan taqdirda.

*Eslatma: Norezidentlar yuqoridagi talablarni bajarish bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasida amalda yashab turgan joyidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqida maʼlumotnomani taqdim etishlari zarur bo'ladi;
Bundan tashqari, 30 kalendar kun davomida $10 000 AQSH dollari ekvivalentidan ortiq miqdorda o'zlarining nomiga ochilgan hisobraqamlarga pul mablag'larini kirim qilish(naqd va naqdsiz ko'rinishda) va har qanday valyutani ayirboshlash kabi bank operatsiyalarini amalga oshirganda, pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari zarur.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: