ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi

18.02.2026

ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi

1 (3).png

ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga Assotsiatsiya a’zosi sifatida qo‘shilganini e’lon qiladi.

ANORBANK O‘zbekistonning yetakchi raqamli banklaridan biri bo‘lib, fintex innovatsiyalari, kompleks raqamli bank yechimlari hamda mijozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy mahsulotlarga qaratilgan yondashuvi bilan keng tanilgan. Tashkil etilganidan buyon ANORBANK masofaviy identifikatsiya va platformaviy yechimlardan foydalanishga asoslangan raqamli bank modelini rivojlantirib kelmoqda, bu esa turli mijoz segmentlariga samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

ANORBANKning qo‘shilishi CAFAning Markaziy Osiyoda hamkorlikka asoslangan fintech ekotizimini shakllantirish hamda moliyaviy institutlar, fintex kompaniyalari, texnologik provayderlar va regulyatorlar o‘rtasida konstruktiv hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha missiyasini mustahkamlaydi.

«ANORBANK uchun CAFAga a’zo bo‘lish — Markaziy Osiyodagi fintex ekotizimini rivojlantirishda tizimli ishtirok etish, amaliy tajriba almashish va raqamli banking sohasida barqaror yechimlar ustida hamkorlikda ishlash imkoniyatidir», — deya ta’kidladi bank rahbariyati.

CAFA va ANORBANK quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda:
- fintex innovatsiyalari va raqamli bankingni rivojlantirish;
- regulyatorlar bilan muloqot va raqamli iqtisodiyot sohasidagi tashabbuslar;
- qo‘shma pilot loyihalar va ekspert platformalari;
- Markaziy Osiyoda raqobatbardosh, shaffof va barqaror moliyaviy ekotizimni mustahkamlash.

ANORBANK CAFAdagi ishtirokini uzoq muddatli hamkorlik hamda Markaziy Osiyoda integratsiyalashgan va innovatsion fintex-ekotizimini rivojlantirishga qo‘shiladigan hissa sifatida ko‘rib chiqadi hamda ushbu yo‘nalishda izchil faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar
29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing