ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

30.05.2025

ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

Новость на саит.jpg
Новость на саит2.jpg

O‘zbekistonda moliya sektorini raqamli transformatsiya qilish doirasida "ANOR BANK" AJ va "Penkių kontinentų bankinės technologijos" (BS/2) yopiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tantanali marosimda ANORBANK Boshqaruv raisi o‘rinbosari Elyor Najimitdinov va Penki Kontinentai kompaniyalar guruhi Boshqaruv raisi Idrakas Dadashovas ishtirok etdilar.

Memorandum banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan. Uning maqsadi ANORBANK mijozlari uchun moliyaviy xizmatlarning qulayligini oshirishdan iborat.

Elyor Najimitdinov, ANORBANK Boshqaruv raisi o‘rinbosari:

"ANORBANK o‘zini yangi avlod raqamli banki sifatida namoyon etmoqda. Biz endigina besh yoshga to‘lgan bo‘lsak-da, shu qisqa vaqt ichida sezilarli natijalarga erishdik — xususan, hozirgacha 3,3 milliondan ortiq bank kartalarini chiqardik. Bugungi kunda biz raqamli xizmatlarimizni to‘ldiruvchi jismoniy infratuzilmamizni yanada kengaytirish va mustahkamlash zarurligini ko‘rmoqdamiz. Shuningdek, sa’y-harakatlarimiz korporativ biznes, kichik va o‘rta tadbirkorlik segmentiga ham qaratilgan. Ular uchun 24/7 rejimida tezkor va cheklovlarsiz inkassatsiya qilish imkoniyati bo‘lishi juda muhim. Belgilangan maqsadlarning ahamiyatini tushungan holda, biz O‘zbekistonda BS/2 vakillik qiladigan Diebold Nixdorf kompaniyasini hamkor sifatida tanladik.

Hamkorligimiz doirasida memorandum imzolandik va birinchi bosqichdayoq ANORBANK 100 ta zamonaviy o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarini xarid qilmoqda. 2025-yil davomida ular yetkazib berilishi, o‘rnatilishi va butun mamlakat bo‘ylab mijozlarimizga xizmat ko‘rsatishni boshlashini, ularga bank bilan o‘zaro aloqaning yangi, moslashuvchan va samarali usullarini taklif etishini kutmoqdamiz. Ishonchim komilki, bu O‘zbekistonda zamonaviy va barqaror moliyaviy xizmatlar ekotizimini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi."

Asosiy yangiliklar orasida mijozlar uchun keng ko‘lamli xizmatlarni joriy etish, jumladan, naqd pulni kiritish va yechib olish amaliyotlari, bank hisobvaraqlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar, shuningdek valyuta ayirboshlash kabilar bor.

Memorandum imzolanishi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning yangi texnologik platformasini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Kelgusi yillar davomida ANORBANK BS/2 bilan birgalikda kelishuvlarni amalda tatbiq etishga e’tibor qaratadi: bankomatlar tarmog‘ini kengaytirishdan tortib, intellektual dasturiy ta’minot va monitoring tizimlarini joriy etishgacha.


Facebook  | Telegram | Instagram 




Shuningdek o`qing

20.06.2025 ANORBANK va Toshkentdagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
19.06.2025 ANORBANK mobil ilovasi uchun eng yuqori reytingni saqlab qoldi
16.06.2025 ANORBANK jamoasi ZAAMIN ULTRA 2025’ni zabt etib, ruhiy kuch va sog‘lom turmush tarziga sadoqatini namoyon qilmoqda

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: