ANORBANK bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga xayriya tadbirini tashkil etdi

09.01.2023

Tadbir "Mehr ulashing" loyihasi doirasida bo'lib o'tdi.

Yosh, kasb va ijtimoiy mansabga qaramasdan har bir inson uchun yangi yil ertagi afsonaviy bo'lib qolmoqda. 2023-yil allaqachon kirib kelgan bo'lsada mo'jizalar yuz berishni davom etmoqda.

Shunday qilib, 8-yanvar kuni «ANOR BANK» AJ "Mehr ulashing" loyihasi doirasida bolalar tarbiyalanuvchilari uchun xayriya konsertini tashkil qildi. "Qishki ertak", aynan shunday nomlanuvchi tomoshadan ota-ona mehridan ayrilib, bolalar uyiga kelgan 700 nafar bolalar zavqlandilar.

«ANOR BANK» AJ raisi birinchi o'rinbosari - Elyor Rustamovich Nadjimitdinov ta'kidlashicha, bo'lib o'tgan bayram va shunga oʼxshash tadbirlar bankning korporativ ijtimoiy masʼuliyatining muhim qismi hisoblanib, ota-ona qaramogʼidan va mexridan mahrum boʼlgan bolalar uchun tashkil etiladi. Shu bois «ANOR BANK» mehribonlik uylaridagi 700 nafar bolaga bayram tuhfa qilishni qaror qildi.

Shuningdek, tadbir davomida bolalar ertak qahramonlari chiqishlari, raqslar bilan zavqlandilar va tadbir tashkilotchilari tomonidan yangi yil sovg'alarini olishdi.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: