Yil oxirida ko'plab sohalarda sarhisob qilish odatiy hol bo'lib qolgan.
"Assosiatsiya rossiyskix bankov" va "Natsional'niy Bankovskiy Jurnal" "Natsional'naya bankovskaya premiya 2022" mukofotini tashkil qilishdi, uning natijalariga ko'ra biz nutq texnologiyalarini joriy etganimiz sababli "Mijozlar bilan o'zaro munosabatlar sohasidagi innovatsiyalar" nominatsiyasida g'olib bo'ldik. Bu haqda 15 dekabr kuni taqdirlash marosimida ma'lum bo'ldi.
Nutq texnologiyalari Rossiyaning BSS kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo'lib, ANORBANK aloqa markazining ishiga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi. Ushbu texnologiya tufayli aloqa markaziga tushadigan yuklamani kamaytirish, jarayonlarni optimallashtirish, bank nufuzini va mijozlarning sodiqligini oshirish mumkin bo'ldi.
Mukofot esa www.arb.ru yoki www.nbj.ru rasmiy veb-saytlarida internet-ovozlarni hisobga olgan holda, moliya bozori ishtirokchilarining egallagan o'rinlari asosida beriladi.
Ushbu g‘alaba Biz rivojlanishning to‘g‘ri yo‘lidan borayotganimizni anglatadi!