ANORBANK vakillari Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali talabalari uchun ma’ruza o'qidilar

03.10.2023


Bugun G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali majlislar zalida o‘zaro hamkorlik doirasida “ANOR BANK” AJ vakillari tomonidan universitet talabalari uchun mehmon ma’ruzasi o‘tkazildi.

Ma’ruza davomida bank Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Nadjimitdinov raqamli bankning tashkil topish va shakllanish tarixi, bugungi holati va erishilgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, bank departamentlari rahbarlari hamkorlar bilan munosabatlar, bank faoliyatini raqamlashtirishda IT texnologiyalarini joriy etish, bank xizmatlari va mahsulotlarini ommalashtirish hamda bankda ishlash istiqbollari haqida gapirdilar.

Tadbir davomida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha savollar berib, bank vakillaridan to'liq javob oldilar.


Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: