2022-yil 15-dekabr kuni AJ "ANOR BANK" va "Sof.uz" ("Komil Unsur" MCHJ) veb-sayti o'rtasida birinchi sud majlisi bo'lib o'tdi.

17.12.2022

2022-yil 15-dekabr kuni  AJ "ANOR BANK" va "Sof.uz" ("Komil Unsur" MCHJ) veb-sayti o'rtasida birinchi sud majlisi bo'lib o'tdi.


Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida AJ “ANOR BANK” ommaviy axborot vositalarida tarqstilgan ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga raddiya berish majburiyatini yuklash, moddiy zarar undirish va ma'naviy zararni kompensatsiya qilish yuzasidan “KOMIL UNSUR” MChJga nisbatan da’vo arizasi berish bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud majlisi boshlandi: Sof.uz sayti (“Komil Unsur” MChJ).


Sud majlisida faqat da’vogarning (“ANOR BANK” AJ) vakillari ishtirok etishdi, javobgarning (“Komil Unsur” MChJ) vakillari esa sud majlisiga kelishmadi. Eslatib o‘tamiz, "Sof.uz" sayti ushbu nizoni sudgacha hal qilishda, ya’ni da’vogar va javobgar o‘rtasida muzokaralarni hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan mediatsiyaga ham tashrif buyurmagan.


Shunday qilib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sud majlisi ochiq deb e'lon qilinib, “ANOR BANK” AJ vakillarining da’vo talablari tinglandi va sudning ikkinchi majlisi 2022-yil 26-dekabrga belgilandi. Eslatib o‘tamiz, sudning talabiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan mutaxassislar ishga jalb etildi.


Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: