Videointervyu ishlab chiqarish bo’yicha tender
«Anor Bank» AJ prodakshn-studiyalarni intervyu formatidagi videomateriallarni ishlab chiqarish bo’yicha tenderda ishtirok etishga taklif qiladi. Loyihaning maqsadi — jamoatchilik bilan aloqani mustahkamlash.
Ish hajmi
Ssenariy va videomaterial tayyorlash: son ssenariy rejasi, savollarni tayyorlashda yordam, lokatsiya yoki studiya tanlash
To’liq sonning davomiyligi: 40–45 daqiqa
To’liq sondan snippetlar kesish va montaj qilish: har biri 1 daqiqagacha bo’lgan 6–8 ta rolik
Suratga olishning to’liq siklini, preprodakshndan postprodakshngacha, muvofiqlashtirish:
kamida 3 ta kamera, professional yorug’lik, petlichka mikrofonlar va har bir ishtirokchi uchun alohida ovoz yozish
montaj, rang korreksiyasi, ovozni miksaj qilish, titrlar va subtitrlar (o’zbek, rus tillarida)
ANORBANK korporativ uslubidagi zastavka, ism plashkalari va grafika
kesilgan roliklarni 16:9 va 9:16 formatlariga moslashtirish
har bir rolik bo’yicha ikki martagacha tuzatish
Loyiha uchun professional ikki tilli (o’zbek/rus) intervyu oluvchini topish va jalb qilish
Ishtirokchilarga talablar
Intervyu, podkast yoki shunga o’xshash suhbat formatlaridagi portfolio
O’z uskunalari yoki studiyadan foydalanish imkoniyati
Barcha materiallarga, shu jumladan dastlabki fayllarga mutlaq huquqlarni bankka o’tkazish
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Tijorat taklifi: kesilgan roliklari bilan bitta sonning va butun paketning narxi
Portfolio va shunga o’xshash loyihalarga havolalar
Uskunalar ro’yxati va jamoa tarkibi
Bitta sonni ishlab chiqarish muddati
Lokatsiya yoki studiya variantlari (ixtiyoriy)
Mas’ul shaxs: Nizayeva S. – 1275
Bog‘lanish uchun kontaktlar:
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki telefon raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
Azimov S. — 1269
• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz
• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz