Buxoro operatsion ofisi binosidagi xonalarni kapital ta’mirlash bo‘yicha TEXNIK TOPSHIRIQ

26.05.2026

Buxoro operatsion ofisi binosidagi xonalarni kapital ta’mirlash bo‘yicha TEXNIK TOPSHIRIQ

Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha texnik topshiriq


Buxoro operatsion ofisi binosidagi xonalarni kapital ta’mirlash bo‘yicha TEXNIK TOPSHIRIQ

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur texnik topshiriq xonani qurish va ta’mirlash ishlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

1.2. Obyekt mijozlarning qulay kirishini ta’minlashi, uskunalar xavfsizligini kafolatlashi va bankning korporativ standartlariga mos bo‘lishi lozim.

2. Obyektning vazifasi

2.1. Xona mijozlarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

2.2. Konstruksiya atmosfera ta’sirlari, ruxsatsiz kirish va vandalizm holatlaridan himoyani nazarda tutishi kerak.

3. Konstruksiyaga qo‘yiladigan asosiy talablar

3.1. Konstruksiya turi: gipsokarton devorlar.

3.2. Eshiklar:

alyuminiy profildan tayyorlangan, shisha paketli kirish eshigi;
eshik yopgich (dovodchik) o‘rnatilishi;
qulf va kirishni nazorat qilish tizimining mavjudligi (zaruratga ko‘ra).

3.3. Pol qoplamasi:

asos — beton dastani (stajka);
qoplama — keramogranit yoki sirpanishga qarshi qoplama.

4. Muhandislik tizimlari

4.1. Elektr ta’minoti:

mavjud tarmoqlarga ulanish;
bankomat va qo‘shimcha uskunalar uchun rozetkalar o‘rnatish;
ichki va tashqi yoritishni tashkil etish.

4.2. Yoritish:

LED yoritgichlar;
sutka davomida foydalanish uchun yetarli yoritilganlik darajasi.

4.3. Konditsioner va ventilyatsiya tizimi:

haroratni me’yorida saqlash uchun split-tizim yoki ventilyatsiya o‘rnatish.

4.4. Past tokli tizimlar:

aloqa va internet kabellarini yotqizish;
videokuzatuv tizimini o‘rnatish (zaruratga ko‘ra);
qo‘riqlash signalizatsiyasini o‘rnatish.

5. Xavfsizlik talablari

5.1. Yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiqlik.

5.2. Yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materiallardan foydalanish.

5.3. Konstruksiyaning tashqi mexanik ta’sirlarga chidamliligini ta’minlash.

6. Ishlar sifati va bajarilishiga qo‘yiladigan talablar

6.1. Barcha ishlar amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishi lozim.

6.2. Ijrochi quyidagilarni ta’minlashi shart:

barcha materiallarni yetkazib berish;
montaj va qurilish ishlarini bajarish;
ishlar yakunlangandan so‘ng hududni tozalash.

7. Ishlarni bajarish muddati

7.1. Ishlarni bajarish muddati shartnoma bilan belgilanadi, taxminan — shartnoma imzolangan kundan boshlab ___ kalendar kun.

8. Kafolat majburiyatlari

8.1. Bajarilgan ishlar va materiallar uchun kafolat muddati — kamida 12 oy.

9. Ijrochiga qo‘yiladigan malakaviy talablar

9.1. Shunga o‘xshash ishlarni bajarish tajribasiga ega bo‘lish.

9.2. Malakali mutaxassislar mavjudligi.

9.3. Ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish.

Bog‘lanish uchun kontaktlar:

• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz

• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz


Shuningdek o`qing

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing