ANORBANK xodimlari uchun korporativ merch mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tender e’loni
Buyurtmachi: ANORBANK
Xarid maqsadi: bank xodimlari uchun ichki motivatsiya va jamoaviy ruhni mustahkamlash dasturi doirasida brendlangan merch mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Ishlar hajmi (Lot 1)
№ Mahsulot Miqdori
1 Brendlangan futbolkalar 300 dona
2 Brendlangan powerbanklar 300 dona
3 Brendlangan kepkalar 300 dona
4 Brendlangan shopper sumkalar 300 dona
5 Brendlangan yostiq jildlari 300 dona
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
- Korporativ merch ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba
- Korporativ mijozlar uchun bajarilgan loyihalar portfelining mavjudligi
- Lotdagi barcha mahsulotlarga ANORBANK logotipi va korporativ uslubini tushirish imkoniyati
- Shartnoma imzolanishidan oldin namunalar (sample) taqdim etish imkoniyati
- Ishlab chiqarish va yetkazib berish muddatlariga rioya qilish
Tanlash mezonlari
- Har bir mahsulot narxi va lotning umumiy qiymati
- Materiallar sifati
- Ishlab chiqarish muddati
- Korporativ/bank mijozlari bilan ishlash tajribasi
- Kafolat shartlari
Ariza formati
Har bir mahsulot uchun birlik narxi, lotning umumiy qiymati, ishlab chiqarish muddati, to‘lov shartlari hamda tayyor mahsulotlarning namunalari yoki fotosuratlari ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Bog‘lanish uchun kontaktlar:
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki telefon raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
Azimov S. — 1269
• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz
• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz
Axborot xavfsizligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Tangibayev A. Sh.
+998 90 991 80 81
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing