ANORBANK xodimlari uchun korporativ merch mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tender e’loni
Buyurtmachi: ANORBANK
Xarid maqsadi: xodimlarning ichki motivatsiyasi va jamoaviy ruhini oshirish dasturi doirasida ANORBANK brendi tushirilgan korporativ merch mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Ishlar ko‘lami (Lot 2)
№ Mahsulot Miqdori
1 Stikerlar to‘plami (Sticker Pack) 300 dona
2 Brendlangan sichqoncha gilamchasi 300 dona
3 Brendlangan bloknot 300 dona
4 Brendlangan krujka 300 dona
5 Xodim pasporti (muqova va blank) 300 dona
6 Shtamplar 300 dona
7 Brelok (osma aksessuar) 300 dona
8 Brendlangan antiseptik 300 dona
9 Brendlangan bilaguzuk 300 dona
10 Ko'rpa 300 dona
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
- Korporativ merch va poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 2 yillik tajriba;
- Kompaniyalar uchun amalga oshirilgan loyihalar portfolioga ega bo‘lish;
- Lotdagi barcha mahsulotlarga ANORBANK logotipi yoki korporativ ramzlarini tushirish imkoniyati;
- Shartnoma tuzilishidan oldin namunalar (sample) taqdim etish imkoniyati;
- Antiseptik mahsuloti uchun tegishli muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lish;
- Ishlab chiqarish va yetkazib berish muddatlariga rioya qilish.
Tanlov mezonlari
- Har bir mahsulot va butun lot bo‘yicha narx;
- Materiallar sifati;
- Ishlab chiqarish muddati;
- Korporativ va bank mijozlari bilan ishlash tajribasi;
- Kafolat shartlari.
Ariza formati
Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
- har bir mahsulot uchun dona narxi;
- lotning umumiy qiymati;
- ishlab chiqarish muddati;
- to‘lov shartlari;
- tayyor mahsulotlarning namunalari yoki fotosuratlari.
Bog‘lanish uchun kontaktlar:
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki telefon raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
Azimov S. — 1269
• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz
• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz
Axborot xavfsizligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Tangibayev A. Sh.
+998 90 991 80 81
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing