ANORBANK savdo ofisi interyer dizayni xizmatlari bo'yicha tender e'lon qiladi
«ANORBANK» AJ dizayn-studiyalar, arxitektura byurolari va xususiy dizaynerlarni savdo ofisi interyerining dizayn-loyihasini ishlab chiqish bo'yicha tenderda ishtirok etishga taklif qiladi.
Obyekt
ANORBANK savdo ofisi, Qarshi sh., maydoni: 651 m².
Ish hajmi
— o'lchov rejasi va rejalashtirish yechimi (mijozlarga xizmat ko'rsatish, kutish, maslahat va kassa zonalari, xizmat xonalari);
— asosiy zonalarning 3D-vizualizatsiyasi;
— ishchi hujjatlar: pardozlash, yoritish, elektr va mebel joylashuvi rejalari, devor yoyilmalari;
— materiallar, mebel va jihozlar spetsifikatsiyasi;
— amalga oshirish bosqichida mualliflik nazorati.
Ishtirokchilarga talablar
— tijorat interyerlarini loyihalash tajribasi (banklar, riteyl, ofislar, shou-rumlar);
— amalga oshirilgan obyektlar portfoliosi;
— loyihani 2 hafta ichida bajarishga tayyorlik.
Yuborilishi kerak bo'lgan hujjatlar
— har bir bosqich bo'yicha narx va muddatlar ko'rsatilgan tijorat taklifi;
— aloqa ma'lumotlari va rekvizitlar.
Bajarish muddati
Shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 haftadan kechiktirmay.
Aloqa ma'lumotlari
Call-markaz: 1290
Marketing departamenti bosh mutaxassisi: Nizayeva S. — 1275
Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz
Rasmiy so'rovlar uchun EXAT elektron pochtasi: ANORBANK@exat.uz