“ANORBANK” ATB EHTIYOJLARI UCHUN YUK TASHISH XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA TANLOV (TENDER) O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA E’LON

12.05.2026

“ANORBANK” ATB EHTIYOJLARI UCHUN YUK TASHISH XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA TANLOV (TENDER) O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA E’LON

“ANORBANK” ATB EHTIYOJLARI UCHUN YUK TASHISH XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA TANLOV (TENDER) O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA E’LON


TANLOV (TENDER) O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA E’LON

Tender predmeti: Yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun transport-logistika kompaniyasini tanlab olish.


1. Umumiy ma’lumotlar va buyurtmachi:

• Buyurtmachi nomi: “ANORBANK” ATB.

• Tashish geografiyasi: Toshkent shahri, Toshkent viloyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab shaharlararo yuk tashuvlari (hududiy filiallar va bank xizmatlari markazlarigacha).

• Tashiladigan yuk turi: Ofis mebellari, IT-uskunalar (kompyuterlar, serverlar), bank uskunalari (seyflar, bankomatlar), arxiv hujjatlari, poligrafiya va reklama mahsulotlari.


2. Ijrochiga qo‘yiladigan asosiy talablar:

• O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobil transportida yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagi litsenziyaning mavjudligi.

• Yuk ko‘tarish quvvati har xil bo‘lgan (1.5 dan 20 tonnagacha) shaxsiy yoki uzoq muddatli ijaradagi avtoparkning (shu jumladan furgonlar, tentli avto va mebel budkalari) mavjudligi.

• Yuk ortish-tushirish va takelaj ishlarini bajarish uchun malakali xodimlarni taqdim etish imkoniyati (vazni 500 kg dan ortiq bo‘lgan og‘ir seyflar va bankomatlarni ko‘chirish).

• Tashish paytida yukning majburiy moddiy sug‘urtalanishi.

• Tijoriy yuk tashish sohasida kamida 3 (uch) yillik ish tajribasi.

• Buyurtmachining oldindan bergan talabnomasi asosida avtotransportni 24/7 rejimida tezkorlik bilan yetkazib berish imkoniyati.

• Elektron hujjat aylanishi (EHA) tizimi orqali ishlashga tayyorlik.


3. Tijorat taklifini taqdim etish formati:

Tender ishtirokchilari quyidagi hujjatlar paketini yuborishlari lozim:

• Kompaniyaning ta’sis hujjatlari nusxalari (Guvohnoma, amaldagi litsenziyalar).

• Avtoparkning holati to‘g‘risida ma’lumotnoma (avtomobil modellari, ishlab chiqarilgan yili, yuk ko‘tarish quvvati, GPS-monitoring mavjudligi).

• Prays-list (tariflar jadvali): 1 km yo‘l uchun qiymat (shaharlararo), soatbay to‘lov (Toshkent sh. bo‘yicha), shuningdek yuk yuklovchilar va takelajchilar xizmati narxi ko‘rsatilgan holda.

• Oxirgi 2 yil davomida yirik korporativ mijozlardan olingan tavsiyanomalar yoki fikr-mulohazalar.


4. Bog‘lanish uchun kontaktlar:

• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz

• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.uz


Shuningdek o`qing

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing